"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  2. Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi Joriy yilning 29-sentabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati hamda Yevropa Komissiyasi Xalqaro hamkorlik bo'yicha bosh direktorati Osiyo, Markaziy Osiyo, Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq mamlakatlari bo'yicha direktori Peteris Ustubs va Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar avval erishilgan kelishuvlarni sarhisob qilib, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda temir yo‘l tarmog‘ining muhim o‘rnini ta’kidladilar. Shuningdek, mamlakatimizdagi istiqbolli transport loyihalari, Transkaspiy yo‘lagining o‘tkazuvchanligini oshirish va xalqaro moliya institutlari ko‘magida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilib, hamkorlikni tizimli davom ettirishga kelishildi. Ushbu amaliy muloqotlarning davomi sifatida 30-sentabr kuni Toshkentda Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi milliy konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Yevropa Komissiyasi va xalqaro moliya tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov ma’ruza bilan qatnashib, mamlakatimizning tranzit salohiyati hamda infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Bo‘lib o‘tgan tadbirlar mintaqada barqaror va xavfsiz logistika zanjirlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  3. repost

    Harakat xavfsizligi kuni Joriy yilning 30-sentabr kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Nazorat davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifati atroflicha ko‘rib chiqildi. Lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati ham alohida nazoratga olindi. Shuningdek, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud mehnat sharoitlari va ishlarning samaradorligi o‘rganildi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarning oldini olish hamda lokomotiv xo‘jaligida ish samaradorligi va harakat xavfsizligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  4. repost

    Davlatimiz rahbari "Yangi O‘zbekiston" universitetida ko‘rgazma bilan tanishdi, o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qildi. — Глава нашего государства ознакомился с выставкой, побеседовал с преподавателями и студентами в Университете «Новый Узбекистан». Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  5. repost

    «Qoʻqon MTU» filialida harakat xavfsizligi kuni tadbirlari Bugun «Harakat xavfsizligi kuni» munosabati bilan Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov rahbarligida temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilash hamda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar koʻzdan kechirildi. Xususan, Neftchilar va Quva stansiyalari oraligʻidagi 264-kilometr 6-piketdan 265-kilometr 3-piketgacha boʻlgan masofada temir yoʻlni tubdan taʼmirlash ishlariga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichi sifatida mavjud uloqsiz relslarni mavsumiy kalta relslarga almashtirish boʻyicha taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Filial rahbari bevosita ishlarni joyiga tashrif buyurib, texnik jarayonlarning belgilangan standartlar hamda xavfsizlik qoidalariga mos holda bajarilishini yaqindan koʻzdan kechirdi va masʼullarga tegishli topshiriqlarni berdi.

  6. repost

    💝 “Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak” – Prezidentdan samimiy hazil Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan shaxmat bo‘yicha olimpiada chempionlariga uy-joy, mashina va pul mukofoti berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  7. repost

    ⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 "Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  8. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Berlinda bir qator strategik muzokaralar o‘tkazdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov boshchiligidagi delegatsiya “InnoTrans-2026” dunyodagi eng yirik transport texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida uchrashuvlarga boy dastur o‘tkazdi. Germaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan muzokaralar xalqaro hamkorlikning bir nechta asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi va O‘zbekistonning temir yo‘l sohasidagi global texnologik va logistika jarayonlarining faol ishtirokchisi maqomini mustahkamladi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️ АО «Узбекистон темир йуллари» провело серию стратегических переговоров в Берлине Делегация акционерного общества «Узбекистон темир йуллари» во главе с первым заместителем председателя правления Х.Рахметовым провела насыщенную программу встреч в рамках крупнейшей в мире выставки транспортных технологий InnoTrans 2026. Переговоры, прошедшие в столице Германии, охватили несколько ключевых векторов международного сотрудничества и закрепили за Узбекистаном статус активного участника глобальных технологических и логистических процессов в железнодорожной отрасли …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️ |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  9. repost

    ⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi. "Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor." https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  10. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga bayram tabrigi 🧭 Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari! Sizlarning yurt tinchligi, davlat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli, sharafli hamda fidokorona xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq. 🇺🇿 Vatan manfaatlarini himoya qilish, mavjud va ehtimoliy tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingiz mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. ✅ Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. ✅ “O’zbekiston temir yo’llari” AJning Axborot-tahliliy media markazi |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  11. repost

    Joriy yilning 25-sentabr kuni Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzelida temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash, poyezdlar harakatining uzluksizligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida navbatdagi texnologik “OKNO” ishlari amalga oshirildi. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Qodirovning 322-YH-sonli farmoyishi asosida Chashma–Oqrabot stansiyalari oralig‘i 93-kilometr 9-piketdan 94-kilometr 8-piketigacha bo'lgan oraliqda og'ir turdagi yo'l mashinalaridan foydalangan holda temir yo‘l izining egriligini kamaytirish maqsadida texnologik "OKNO" ishlari bajarildi. Mazkur ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida “Qarshi MTU” filiali rahbariyati, tegishli soha rahbarlari hamda mutaxassislar tomonidan ish jarayonlari doimiy nazoratga olindi. Texnologik “OKNO” ishlari tasdiqlangan grafik va texnologik talablar asosida tashkil etilib, barcha mas’ul xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi, texnika va harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi ta’minlandi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  12. repost

    NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining temir yo‘l obyektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari E. Rizayev boshchiligida, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari ishtirokida Navoiy temir yo‘l vokzalida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi va sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, shuningdek, rekonstruksiya doirasida yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlar muhokama qilindi. Shuningdek, vokzal infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, qurilish jarayonida texnik me’yor va talablariga qat’iy rioya etish, bajarilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda rekonstruksiya jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunida mas’ullarga rekonstruksiya ishlarini sifatli, puxta va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish hamda vokzalni yo‘lovchilar uchun yanada zamonaviy va qulay maskanga aylantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bosh maqsad — yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun munosib sharoit yaratish. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

  13. ♟ “SHAXMAT KUBOGI–2026” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining tegishli qo‘shma qaroriga asosan, joriy yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston lokomotiv deposida Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Shaxmat kubogi–2026” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi temiryo‘lchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xodimlarning shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat. Musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDEning amaldagi qoidalariga muvofiq, Shveysariya tizimida 7 tur davomida o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko'ra: 🏆 Ayollar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Axmedova Diyora “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, Bosh direktor huzuridagi Kotibiyat yetakchi mutaxassisi; 🥈 2-o‘rin — Norqulova Shaxlo “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz lokomotiv deposi” filiali laboranti; 🥉 3-o‘rin — Rasulova Mamlakat “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ muhandisi; 🏆 Erkaklar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Tursoatov Ulug‘bek “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ bosh arxitektori; 🥈 2-o‘rin — Usmonov Ulug‘bek “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi” filiali katta dispetcheri; 🥉 3-o‘rin — Fayziyev To‘lqin “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Yagona dispetcherlik markazi katta poyezd dispetcheri o‘rinbosari qo'lga kiritdi. 🎉 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi raisi nomidan Faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ham yuqori natijalar tilaymiz! ♟🏆 |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  14. repost

    “RAQAMLI MEHNAT MUHOFAZASI” — XAVFSIZLIKNI BOSHQARISHDA YANGI RAQAMLI YECHIM “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Qo‘ng‘irot MTU” filialiga qarashli “Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi” filialida o‘tkazilgan o‘quv-seminar maktabi doirasida “DAS UTY” MChJ bosh direktori o‘rinbosari E.N. Buriyev tomonidan mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini ta’minlash jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan “Raqamli mehnat muhofazasi” axborot tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur axborot tizimi “DAS UTY” MChJ mutaxassislari jamoasi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, tizim muvaffaqiyatli ishga tushirilib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli xodimlariga foydalanish uchun topshirildi. “Raqamli mehnat muhofazasi” axborot tizimi mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha jarayonlarni yagona raqamli muhitda boshqarish, ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda nazorat va monitoringni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Tizim orqali mehnat muhofazasi bo‘yicha ma’lumotlarni yagona elektron bazada jamlash, korxonalar faoliyatini monitoring qilish, xodimlarning o‘quv mashg‘ulotlari va bilim sinovlarini nazorat qilish, baxtsiz hodisalarni qayd etish va tahlil qilish kabi jarayonlarni raqamlashtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, tizim orqali korxonalar, xodimlar, tekshiruvlar, o‘quv mashg‘ulotlari, baxtsiz hodisalar, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni yagona platformada boshqarish imkoniyati mavjud. Raqamli platforma rahbariyat va mas’ul mutaxassislarga zarur ma’lumotlarni tezkor olish, mavjud holatni monitoring qilish, ko‘rsatkichlarni tahlil etish hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini samarali tashkil etish uchun qulay raqamli muhit yaratadi. Eng muhimi, tizimning amaliyotga joriy etilishi mehnat muhofazasi sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish, nazoratni kuchaytirish, ma’lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish va xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu loyiha — shunchaki axborot tizimi emas. Bu — inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq eng muhim yo‘nalishlardan birini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida boshqarish sari tashlangan muhim qadamdir. “DAS UTY” MChJ — temir yo‘l tizimida raqamli transformatsiya va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etishda davom etmoqda. 🌐 das-uty.uz | 💬 Telegram | 📷 Instagram

  15. repost

    🟦🟦🟦 QO‘NG‘IROT MTUDA ILG‘OR TAJRIBA MAKTABI SEMINARI O‘TKAZILDI VA YANGI O‘QUV POLIGONI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov tomonidan imzolangan “Qo‘ng‘irot lokomotiv deposida o‘quv-seminar maktabini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2026-yil 8-sentyabr 521-NZ-son buyrug‘i bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-sentabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Qo‘ng‘irot MTU” filialida mehnat muhofazasi bo‘yicha ilg‘or tajriba maktabi seminari o‘tkazilib, seminar avvalida “Qo‘ng‘irot MTU” filialining o‘quv poligoni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda temir yo‘l xo‘jaliklarida poyezdlar harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, temir yo‘l xo‘jaliklari yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarga mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga rioya etish, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mavjud xavf-xatarlarning oldini olish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminar doirasida ishtirokchilar “Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi” filialida bo‘lib, lokomotivlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida xavfsizlik talablarining amalda bajarilishi, lokomotiv depo sexlarida xavfsiz mehnatni tashkil etish, texnologik jarayon asosida ishlarni bajarish hamda balandlikda amalga oshiriladigan ishlar vaqtida xavfsizlik choralariga rioya etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, poyezdlar harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablarini amaliyotga keng tatbiq etish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. "Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  16. repost

    📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii. Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi. Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva. JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  17. repost
    +6

    Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati — kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdik. Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda. AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik. O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda. — В Нью-Йорке встретилась с руководством BlackRock в лице Роберта Капито, президента компании, Томаса Донилона, вице-председателя, Адебайо Огунлеси, председателя и главного исполнительного директора Global Infrastructure Partners, и Чарльза Хатами, глобального руководителя Группы финансовых и стратегических инвесторов компании и руководителя по Ближнему Востоку. Мы обсудили запуск Ташкентского международного финансового центра в 2027 году. BlackRock помогает с формированием концепции и структуры Центра. На нашем совместном круглом столе с представителями деловых кругов Америки обсудили перспективы развития Узбекистана и региона на ближайшие десятилетия. Узбекистан открывается для крупных качественных инвестиций.

  18. Older posts