"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost
    +6

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Shu bilan davlatimiz rahbari Andijonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Андижанской области, поддержки предпринимательства и повышения доходов населения. На этом глава нашего государства завершил поездку в Андижан и вернулся в Ташкент. #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #yigilish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  2. repost

    Andijonning transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar belgilandi. “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li hisobiga yuk tashish hajmini 10 karra oshirib, yiliga 15 million tonnaga yetkazish imkoni paydo bo‘ladi. Shu munosabat bilan yil yakunigacha Qo‘rg‘ontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi. Qirg‘iziston bilan “Do‘stlik” postiga nisbatan ikki barobar katta “Keskanyor” chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Uch oyda uning loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi. Yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrli “Xonobod – Andijon” pulli avtomobil yo‘lini loyihalashga kirishiladi. Shu oydan “Toshkent – Andijon” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 6 soatdan 4 soatga qisqardi. Kelgusi yil “Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilishi belgilandi. Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratishga mas’ul bo‘ladi. Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari sun’iy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoni bo‘lgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi. Aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha 20-30 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qo‘shilgan qiymatni 40-50 foizga ko‘paytirish choralari ko‘riladi. Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

  4. repost

    Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik bo‘yicha shakllangan 30 yillik tajriba asosida o‘z texnologiyalarini yaratishga o‘tish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi”ni tashkil etib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Viloyatda muhandislik, energetika, sanoat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 10 ming talaba tahsil olmoqda. Ularning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantiradigan tadqiqot va ishlanmalar markazlarini rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. To‘qimachilikda ham mavjud quvvatlardan yuqori samara bilan foydalanish imkoniyatlari bor. Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish orqali soha eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish mumkinligi qayd etildi. Endi viloyatda investitsiya natijadorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan baholanishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    Yig‘ilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqinda sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydon Andijonda 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rniga aylanishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, joriy yilga rejalashtirilgan 3,5 milliard dollar investitsiyaning mamlakatlar va tarmoqlar bo‘yicha tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi. Axborot texnologiyalari xizmatlari eksporti va malakali kadrlar mavjud bo‘lsa-da, sohaning texnologik bazasini mustahkamlashga investitsiyalar yetarli yo‘naltirilmayapti. Davlatimiz rahbari sarmoyalarni yuqori qo‘shilgan qiymat, zamonaviy texnologiya va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan yo‘nalishlarga jalb qilish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

  6. repost

    🚆 Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va poyezdlar harakatini yanada maqbullashtirish maqsadida 2026-yil oktabr oyidan boshlab Toshkent — Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida qatnovchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” elektropoyezdi yangilangan jadval asosida harakatlanadi. 📍 730-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 Toshkent-Yo‘lovchi — 07:20 Pop — 09:56–09:59 Qo‘qon — 10:26–10:29 Marg‘ilon — 11:02–11:05 Andijon-1 — 11:42 📍 729-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi Andijon-1 — 15:33 Marg‘ilon — 16:10–16:13 Qo‘qon — 16:45–16:48 Pop — 17:16–17:18 Toshkent-Yo‘lovchi — 19:55 🔹 732-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 1-oktabrdan: Toshkent — 17:50, Andijon — 23:53. 🔹 731-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 1-oktabrdan: Andijon — 06:50, Toshkent — 13:07. 🔹 734/92-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 4-oktabrdan: Toshkent — 17:50, Andijon — 00:34. Poyezd Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va boshqa bekatlar orqali harakatlanadi. 🔹 733-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 5-oktabrdan: Andijon — 06:03, Toshkent — 13:07. 🔹 91-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 6-oktabrdan: Andijon — 18:40, Toshkent — 01:24. 🔹 98/94-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 3-oktabrdan: Toshkent — 08:10, Andijon — 14:39. 🔹 93-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 3-oktabrdan: Andijon — 16:40, Toshkent — 22:27. 🔹 95/97-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 1-oktabrdan: Andijon — 17:30, Toshkent — 00:11. 🔹 96-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 7-oktabrdan: Toshkent — 04:55, Andijon — 11:30. Shuningdek, quyidagi uzoq masofali yo‘lovchi poyezdlarining Toshkent — Andijon oralig‘idagi harakat jadvaliga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi: 🔹 126/125-sonli Xiva/Urganch — Andijon-1 30-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi. 1-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 06:18, Andijon-1 bekatiga — 12:59. 🔹 125/126-sonli Andijon-1 — Xiva/Urganch 1-oktabrdan: Andijon — 15:50, Toshkent-Janubiy — 21:45. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🔹 127/128-sonli Andijon-1 — Qo‘ng‘irot 3-oktabrdan: Andijon — 17:30, Toshkent-Janubiy — 00:11. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida. 🔹 128/127-sonli Qo‘ng‘irot — Andijon-1 1-oktabrdan yangilangan jadval asosida. 2-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 06:18, Andijon-1 bekatiga — 14:01. 🔹 129/130-sonli Andijon-1 — Termiz 2-oktabrdan: Andijon — 16:40, Toshkent-Janubiy — 22:27. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida. 🔹 130/129-sonli Termiz — Andijon-1 30-sentabrdan yangilangan jadval asosida. 1-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 08:10, Andijon-1 bekatiga — 14:03. Mahalliy yo‘nalishlarda ham ayrim qatnovlar jadvali yangilanadi: 🔹 6312-sonli Qo‘qon — Andijon 1-oktabrdan: Qo‘qon — 06:05, Andijon — 08:46. 🔹 7091-sonli Qo‘qon — Namangan — Andijon — Qo‘qon 1-oktabrdan: Qo‘qon — 05:10, Namangan — 07:31, Andijon — 10:53. Andijondan qaytish — 11:00, Qo‘qonga yetib borish — 13:43. 🎫 Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda poyezdlarning yangilangan harakat jadvaliga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  7. repost

    QUMQO‘RG‘ON – QUDUQLI TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G'.O.Mamadaliyevning 2026-yil 8-sentabrdagi 74-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on - Quduqli temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda: 💬temir yo‘l izlari va uning texnik holati; 💬 strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi; 💬 sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati; 💬 temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi; 💬 signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati; 💬 yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati; 💬 kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

  8. repost

    TOSHKENT-ANGREN YO‘NALISHIDAGI TEMIRYO‘L UCHASTKALARIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI 22-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati boshchiligida 🌍Toshkent-Angren temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Unda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ko‘rik davomida stansiya boshliqlari, navbatchilari, yo‘l, aloqa, energiya taʼminoti korxonalari xodimlarining bilim va tajribasini yanada oshirish maqsadida suhbatlar ham o‘tkazildi. Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlashni yanada kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  9. repost

    SHOXOBCHA TEMIR YO‘LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA 👍👍👍👍👍👍 “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzelning 10 ga yaqin stansiyasida o‘tkazilgan kuzgi ko‘rikda, mavjud shoxobcha temir yo‘llari ham ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh, uzel tarkibidagi yirik stansiyalardan biri Toshkent yuk stansiyasida bo‘lganda, korxonalarga qarashli ayrim shoxobcha temir yo‘llarni o‘rganib, harakat xavfsizligini taʼminlashga to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarni aniqladi. Uzel boshlig‘i tomonidan Salar temir yo‘l masofasi korxonasi hamda stansiya rahbariyatiga, doimiy ravishda shaxobcha temir yo‘llarini nazorat qilib borish, kamchiliklarni bartaraf qilish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, boshqa stansiyalarda ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati ko‘zdan kechirildi. Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  10. repost

    Andijonliklar Prezidentimizni ochiq chehralar va ezgu tilaklar bilan kutib oldilar. — Андижанцы встретили Президента с радостными улыбками и добрыми пожеланиями. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  11. repost

    YANGI KONTEYNERLAR EKSPORT TASHUVLARI IMKONIYATINI KENGAYTIRADI “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan xarid qilingan yangi 40 futlik HC (High Cube) konteynerlarining dastlabki partiyasi yuk ortilgan holda O‘zbekistonga yetib keldi. Yangi konteynerlar jamiyatning konteyner parkini kengaytirish, eksport-import va tranzit tashuvlari hajmini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusi besh yilda konteyner parkini qo‘shimcha 2 000 taga kengaytirish rejalashtirilgan. Konteynerlar O‘zbekiston–Xitoy, O‘zbekiston–Yevropa yo‘nalishlari, CASCA+ koridori va boshqa xalqaro yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Konteyner va vagon parkining kengayishi kompaniyaning hududlardagi eksportyorlarga yukni jo‘natishga tayyorlashdan tortib, uni manzilga yetkazishgacha bo‘lgan kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, viloyatlardan eksport yuklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro yo‘nalishlarga jo‘natish imkoniyatlarini kengaytiradi. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ konteyner tashuvlarini rivojlantirish hamda eksportyorlarga qulay va samarali logistika xizmatlarini taqdim etish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi. 〰️〰️〰️ НОВЫЕ КОНТЕЙНЕРЫ РАСШИРЯТ ВОЗМОЖНОСТИ ЭКСПОРТНЫХ ПЕРЕВОЗОК В Узбекистан прибыла первая партия новых 40-футовых контейнеров HC (High Cube) с грузом, приобретённых АО «Узтемирйулконтейнер». Новые контейнеры будут способствовать расширению контейнерного парка Общества, а также увеличению объёмов экспортно-импортных и транзитных перевозок. В течение ближайших пяти лет планируется дополнительно увеличить контейнерный парк на 2 000 единиц. Контейнеры будут использоваться на направлениях Узбекистан–Китай, Узбекистан–Европа, по коридору CASCA+, а также на других международных маршрутах. Расширение парка контейнеров и вагонов позволит Обществу предоставлять комплексные транспортно-логистические услуги — от подготовки грузов экспортеров в регионах к отправке до их доставки в пункт назначения. Это, в свою очередь, расширит возможности прямой отправки экспортных грузов из регионов по международным направлениям. АО «Узтемирйулконтейнер» продолжит последовательную работу по развитию контейнерных перевозок и предоставлению экспортерам удобных и эффективных логистических услуг. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 😎LinkedIn

  12. repost
    +6

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar boʻlgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — В рамках поездки в Андижанскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй и начала строительства 206 проектов на общую сумму 9 миллиардов 400 миллионов сумов. #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #loyihalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  13. repost

    Davlatimiz rahbari Andijon viloyatida qiymati 9 milliard dollardan ziyod yangi obyektlarni ishga tushirdi va qurilishini boshlab berdi. — Глава нашего государства ввел в строй и дал старт строительству новых объектов в Андижанской области на более чем 9 миллиардов долларов. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  14. repost

    🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vise-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi. 💝 Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari. ❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda. ➡️ Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 💳 Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi 🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 🤖 O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi 🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi. 🛡 Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar 🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 🎓 O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda 🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan. Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan. 🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  15. repost

    🚆 Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va poyezdlar harakatini yanada maqbullashtirish maqsadida 2026-yil oktabr oyidan boshlab Toshkent — Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida qatnovchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” elektropoyezdi yangilangan jadval asosida harakatlanadi. 📍 730-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 Toshkent-Yo‘lovchi — 07:20 Pop — 09:56–09:59 Qo‘qon — 10:26–10:29 Marg‘ilon — 11:02–11:05 Andijon-1 — 11:42 📍 729-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi Andijon-1 — 15:33 Marg‘ilon — 16:10–16:13 Qo‘qon — 16:45–16:48 Pop — 17:16–17:18 Toshkent-Yo‘lovchi — 19:55 🔹 732-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 1-oktabrdan: Toshkent — 17:50, Andijon — 23:53. 🔹 731-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 1-oktabrdan: Andijon — 06:50, Toshkent — 13:07. 🔹 734/92-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 4-oktabrdan: Toshkent — 17:50, Andijon — 00:34. Poyezd Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va boshqa bekatlar orqali harakatlanadi. 🔹 733-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 5-oktabrdan: Andijon — 06:03, Toshkent — 13:07. 🔹 91-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 6-oktabrdan: Andijon — 18:40, Toshkent — 01:24. 🔹 98/94-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 3-oktabrdan: Toshkent — 08:10, Andijon — 14:39. 🔹 93-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 3-oktabrdan: Andijon — 16:40, Toshkent — 22:27. 🔹 95/97-sonli Andijon-1 — Toshkent-Yo‘lovchi 1-oktabrdan: Andijon — 17:30, Toshkent — 00:11. 🔹 96-sonli Toshkent-Yo‘lovchi — Andijon-1 7-oktabrdan: Toshkent — 04:55, Andijon — 11:30. Shuningdek, quyidagi uzoq masofali yo‘lovchi poyezdlarining Toshkent — Andijon oralig‘idagi harakat jadvaliga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi: 🔹 126/125-sonli Xiva/Urganch — Andijon-1 30-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi. 1-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 06:18, Andijon-1 bekatiga — 12:59. 🔹 125/126-sonli Andijon-1 — Xiva/Urganch 1-oktabrdan: Andijon — 15:50, Toshkent-Janubiy — 21:45. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 🔹 127/128-sonli Andijon-1 — Qo‘ng‘irot 3-oktabrdan: Andijon — 17:30, Toshkent-Janubiy — 00:11. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida. 🔹 128/127-sonli Qo‘ng‘irot — Andijon-1 1-oktabrdan yangilangan jadval asosida. 2-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 06:18, Andijon-1 bekatiga — 14:01. 🔹 129/130-sonli Andijon-1 — Termiz 2-oktabrdan: Andijon — 16:40, Toshkent-Janubiy — 22:27. Keyingi yo‘nalishda amaldagi jadval asosida. 🔹 130/129-sonli Termiz — Andijon-1 30-sentabrdan yangilangan jadval asosida. 1-oktabrdan Toshkent-Janubiy bekatidan — 08:10, Andijon-1 bekatiga — 14:03. Mahalliy yo‘nalishlarda ham ayrim qatnovlar jadvali yangilanadi: 🔹 6312-sonli Qo‘qon — Andijon 1-oktabrdan: Qo‘qon — 06:05, Andijon — 08:46. 🔹 7091-sonli Qo‘qon — Namangan — Andijon — Qo‘qon 1-oktabrdan: Qo‘qon — 05:10, Namangan — 07:31, Andijon — 10:53. Andijondan qaytish — 11:00, Qo‘qonga yetib borish — 13:43. 🎫 Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda poyezdlarning yangilangan harakat jadvaliga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  16. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетит Андижанскую область. Программой двухдневной поездки предусмотрено ознакомление с промышленным и инвестиционным потенциалом региона, проектами в сферах энергетики, сельского хозяйства, транспорта, туризма и других. Глава нашего государства также осмотрит результаты созидательной работы в махаллях. Намечено ввести в строй новые мощности и дать старт реализации перспективных проектов. Кроме того, состоится совещание, посвященное приоритетным направлениям дальнейшего развития Андижанской области. Facebook|Instagram|X

  17. Bugun Berlin shahrida (Germaniya Federativ Respublikasi) "InnoTrans-2026" yirik xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi. Unda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ faol ishtirok etib, Jamiyat tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari va tashkilotlarini taqdim etmoqda. Ushbu ko‘rgazma temir yo‘l transportidagi innovatsiyalarga, xususan, harakatlanuvchi tarkib, infratuzilma, tunnel qurilishi, poyezd interyerlari va transport uchun raqamli yechimlarning eng so‘nggi texnologiyalarini namoyish etishga bag‘ishlangan. Ta’kidlash joizki, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ uchun bu "InnoTrans" ko‘rgazmasida ishtirok etish bo‘yicha birinchi tajriba hisoblanadi. ___ Сегодня в Берлине (Федеративная Республика Германия) стартует крупнейшая международная выставка InnoTrans 2026, где активное участие принимает АО «Узбекистон темир йуллари», представляя промышленные предприятия и организации, входящие в состав Общества. Данная выставка посвящена инновациям в железнодорожном транспорте, в частности, демонстрации новейших технологий подвижного состава, инфраструктуры, строительства тоннелей, интерьеров поездов и цифровых решений для транспорта. Стоит отметить, что для АО «Узбекистон темир йуллари» это первый опыт участия в настолько масштабной экспозиции «InnoTrans». |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  18. repost

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda. ❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi? 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi. ⚡ Eng muhim kafolatlar ✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi. Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. ✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi. Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi. ✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. ⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan. 👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi. 📌Bu faqat shikoyat tizimi emas 🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi. 🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi. ⛔Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda. ✅ Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  19. repost
    +4

    ⭕️⭕️⭕️ Toshkent-Shimoliy vokzalida yangi xizmat — CIP zali ishga tushirildi ✅ Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va safar oldidan qulay sharoit yaratish maqsadida Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. ➡️2026-yil 21-sentabrdan ish boshlagan mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni kutish vaqtini qulay, shinam va osoyishta muhitda o‘tkazish imkonini beradi. CIP zal xizmatlari pullik asosda ko‘rsatiladi. Xizmatlar narxlari zalning o‘zida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan. CIP zalda yo‘lovchilar uchun: • toza va ozoda kutish joylari; • yumshoq va qulay o‘rindiqlar; • bepul internet; • televizor; • poyezdlar harakati va vokzal xizmatlari haqida ma’lumot; • yilning issiq va sovuq mavsumlarida mo‘tadil haroratni ta’minlovchi qulay iqlim sharoiti; • ichimliklar va yengil tamaddi mahsulotlari; • safar oldidan hordiq chiqarish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. CIP zal — safar oldidan qulaylik, osoyishtalik va sifatli xizmat uchun yangi imkoniyat. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  20. Older posts