"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏

♟ “SHAXMAT KUBOGI–2026” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining tegishli qo‘shma qaroriga asosan, joriy yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston lokomotiv deposida Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Shaxmat kubogi–2026” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi temiryo‘lchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xodimlarning shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat. Musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDEning amaldagi qoidalariga muvofiq, Shveysariya tizimida 7 tur davomida o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko'ra: 🏆 Ayollar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Axmedova Diyora “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, Bosh direktor huzuridagi Kotibiyat yetakchi mutaxassisi; 🥈 2-o‘rin — Norqulova Shaxlo “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz lokomotiv deposi” filiali laboranti; 🥉 3-o‘rin — Rasulova Mamlakat “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ muhandisi; 🏆 Erkaklar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Tursoatov Ulug‘bek “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ bosh arxitektori; 🥈 2-o‘rin — Usmonov Ulug‘bek “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi” filiali katta dispetcheri; 🥉 3-o‘rin — Fayziyev To‘lqin “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Yagona dispetcherlik markazi katta poyezd dispetcheri o‘rinbosari qo'lga kiritdi. 🎉 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi raisi nomidan Faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ham yuqori natijalar tilaymiz! ♟🏆 |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

Views over time

010K20K25 Sep 07:5012 Nov 18:5619.5K25 Sep 07:50: 0 views12 Nov 18:56: 19,500 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
25 Sep 2026, 07:500
12 Nov 2026, 18:5619.5K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.