"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining temir yo‘l obyektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari E. Rizayev boshchiligida, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari ishtirokida Navoiy temir yo‘l vokzalida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi va sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, shuningdek, rekonstruksiya doirasida yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlar muhokama qilindi. Shuningdek, vokzal infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, qurilish jarayonida texnik me’yor va talablariga qat’iy rioya etish, bajarilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda rekonstruksiya jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunida mas’ullarga rekonstruksiya ishlarini sifatli, puxta va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish hamda vokzalni yo‘lovchilar uchun yanada zamonaviy va qulay maskanga aylantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bosh maqsad — yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun munosib sharoit yaratish. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Views over time

02K4K25 Sep 13:0812 Nov 18:564.4K25 Sep 13:08: 0 views12 Nov 18:56: 4,420 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
25 Sep 2026, 13:080
12 Nov 2026, 18:564.4K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.