🟦🟦🟦 QO‘NG‘IROT MTUDA ILG‘OR TAJRIBA MAKTABI SEMINARI O‘TKAZILDI VA YANGI O‘QUV POLIGONI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov tomonidan imzolangan “Qo‘ng‘irot lokomotiv deposida o‘quv-seminar maktabini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2026-yil 8-sentyabr 521-NZ-son buyrug‘i bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-sentabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Qo‘ng‘irot MTU” filialida mehnat muhofazasi bo‘yicha ilg‘or tajriba maktabi seminari o‘tkazilib, seminar avvalida “Qo‘ng‘irot MTU” filialining o‘quv poligoni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda temir yo‘l xo‘jaliklarida poyezdlar harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, temir yo‘l xo‘jaliklari yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarga mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga rioya etish, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mavjud xavf-xatarlarning oldini olish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminar doirasida ishtirokchilar “Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi” filialida bo‘lib, lokomotivlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida xavfsizlik talablarining amalda bajarilishi, lokomotiv depo sexlarida xavfsiz mehnatni tashkil etish, texnologik jarayon asosida ishlarni bajarish hamda balandlikda amalga oshiriladigan ishlar vaqtida xavfsizlik choralariga rioya etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, poyezdlar harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablarini amaliyotga keng tatbiq etish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. "Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram