"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali

Harakat xavfsizligi kuni Joriy yilning 30-sentabr kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Nazorat davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifati atroflicha ko‘rib chiqildi. Lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati ham alohida nazoratga olindi. Shuningdek, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud mehnat sharoitlari va ishlarning samaradorligi o‘rganildi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarning oldini olish hamda lokomotiv xo‘jaligida ish samaradorligi va harakat xavfsizligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

Views over time

02K4K30 Sep 12:1612 Nov 18:563.7K30 Sep 12:16: 0 views12 Nov 18:56: 3,730 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
30 Sep 2026, 12:160
12 Nov 2026, 18:563.7K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.