"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from 🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

«Qoʻqon MTU» filialida harakat xavfsizligi kuni tadbirlari Bugun «Harakat xavfsizligi kuni» munosabati bilan Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov rahbarligida temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilash hamda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar koʻzdan kechirildi. Xususan, Neftchilar va Quva stansiyalari oraligʻidagi 264-kilometr 6-piketdan 265-kilometr 3-piketgacha boʻlgan masofada temir yoʻlni tubdan taʼmirlash ishlariga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichi sifatida mavjud uloqsiz relslarni mavsumiy kalta relslarga almashtirish boʻyicha taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Filial rahbari bevosita ishlarni joyiga tashrif buyurib, texnik jarayonlarning belgilangan standartlar hamda xavfsizlik qoidalariga mos holda bajarilishini yaqindan koʻzdan kechirdi va masʼullarga tegishli topshiriqlarni berdi.

Views over time

02K4K30 Sep 07:4612 Nov 18:563.6K30 Sep 07:46: 0 views12 Nov 18:56: 3,650 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
30 Sep 2026, 07:460
12 Nov 2026, 18:563.6K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.