"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏

Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi Joriy yilning 29-sentabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati hamda Yevropa Komissiyasi Xalqaro hamkorlik bo'yicha bosh direktorati Osiyo, Markaziy Osiyo, Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq mamlakatlari bo'yicha direktori Peteris Ustubs va Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar avval erishilgan kelishuvlarni sarhisob qilib, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda temir yo‘l tarmog‘ining muhim o‘rnini ta’kidladilar. Shuningdek, mamlakatimizdagi istiqbolli transport loyihalari, Transkaspiy yo‘lagining o‘tkazuvchanligini oshirish va xalqaro moliya institutlari ko‘magida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilib, hamkorlikni tizimli davom ettirishga kelishildi. Ushbu amaliy muloqotlarning davomi sifatida 30-sentabr kuni Toshkentda Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi milliy konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Yevropa Komissiyasi va xalqaro moliya tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov ma’ruza bilan qatnashib, mamlakatimizning tranzit salohiyati hamda infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Bo‘lib o‘tgan tadbirlar mintaqada barqaror va xavfsiz logistika zanjirlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

Views over time

05K10K15K20K30 Sep 13:1012 Nov 18:5617.4K30 Sep 13:10: 0 views12 Nov 18:56: 17,400 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
30 Sep 2026, 13:100
12 Nov 2026, 18:5617.4K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.