Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga bayram tabrigi 🧭 Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari! Sizlarning yurt tinchligi, davlat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli, sharafli hamda fidokorona xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq. 🇺🇿 Vatan manfaatlarini himoya qilish, mavjud va ehtimoliy tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingiz mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. ✅ Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. ✅ “O’zbekiston temir yo’llari” AJning Axborot-tahliliy media markazi |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X