Joriy yilning 25-sentabr kuni Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzelida temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash, poyezdlar harakatining uzluksizligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida navbatdagi texnologik “OKNO” ishlari amalga oshirildi. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Qodirovning 322-YH-sonli farmoyishi asosida Chashma–Oqrabot stansiyalari oralig‘i 93-kilometr 9-piketdan 94-kilometr 8-piketigacha bo'lgan oraliqda og'ir turdagi yo'l mashinalaridan foydalangan holda temir yo‘l izining egriligini kamaytirish maqsadida texnologik "OKNO" ishlari bajarildi. Mazkur ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida “Qarshi MTU” filiali rahbariyati, tegishli soha rahbarlari hamda mutaxassislar tomonidan ish jarayonlari doimiy nazoratga olindi. Texnologik “OKNO” ishlari tasdiqlangan grafik va texnologik talablar asosida tashkil etilib, barcha mas’ul xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi, texnika va harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi ta’minlandi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat