Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.net/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.me/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050
Subscribers12.1K +0 24h
Reach per post (ERR)62.2%7.5K avg views
Posting2.7/daylast 1 day ago
Reactions per 1K views1.3❤ 👍 👏
viral
“ÖZBЕKISTON TЕMIR YÖLLARI” AKSIYADORLIK JAMIYATI TAŞKIL ETILGANLIGINING 32 YILLIGI KATTA YUTUQLAR BILAN NIŞONLANMOQDA
2023 yil 10 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi temir yöl transporti sohasini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 329-sonli tarixiy qarori sohada yangi rivojlaniş davrini boşlab berdi. Uşbu hujjat bilan tizimda tub islohotlarga start berilgan edi.
Temir yöl mintaqaviy uzellari ham yuqori körsatkiç va yuksak samaradorlik natijalarini qölga kirita boşladi.
Sönggi 3 yilda Toşkent mintaqaviy temir yöl uzeli infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça amalga oşirilgan işlar natijasida Özbekiston, Paxta, Aqça, Ozodlik, Oqköprik, Çuqursoy, Boyovut, Oqoltin, Jaloir, Sergeli va Zarbdor stansiyalarida yangi yöllar qurilib, elektrlaştirildi. Jami 110,395 km temir yöl izlari kapital ta’mirlandi. Şuningdek, 28 kmlik «Xovos – Zomin turizm» hamda 24 kmlik «Baytqörğon – Parkent» elektrlaşgan yangi temir yöl liniyalari foydalanişga topşirildi. Yuk aylanmasi hajmi 109,2 foizga, yuk jönatiş hajmi esa 100,6 foizga oşdi.
Qarşi mintaqaviy temir yöl uzelining Jayron — Kengsoy peregonida nişablik 13 promilledan 9 promillega tuşirilib, poyezdlar oğirligini 1 800 tonnadan 4 000 tonnagaça, tezlikni esa 25 km/soatdan 80 km/soatgaça oşiriş imkoniyati yaratildi. Maroqand — Qarşi va Qorovulbozor — Qaşqadaryo uçastkalarida yöllarni ta’mirlaş, strelka va köpriklarni tiklaş hamda piyodalar ötiş yölaklarini quriş işlari bajarildi. Yuk aylanmasi hajmi 132,4 foizga, yuk jönatiş hajmi esa 106,5 foizga oşdi.
Termiz mintaqaviy temir yöl uzelida uzunligi 81 km bölgan Qumqörğon — Quduqli uçastkasini elektrlaştiriş işlari boşlandi. Şörçi — Xayrobod oraliğidagi sun’iy inşootlar, Termiz stansiyasi elektrlaştiriş posti va boşqaruv binolari rekonstruksiya qilindi. Lokomotiv deposida xodimlar uçun dam oliş majmuasi va piyodalar köprigiqurildi. Yuk aylanmasi hajmi 189 foizga, yuk jönatiş hajmi esa 115 foizga oşdi.
Buxoro mintaqaviy temir yöl uzelining Buxoro — Navoiy uçastkasida ikkinçi elektrlaştirilgan temir yöl qurildi. Binokor — Tinçlik va Tinçlik — Navoiy oraliğidagi yöllar, Tinçlik stansiyasi boş yöllari va undagi yangi elektr markazlaştiriş posti, şuningdek, Ğallaorol stansiyasining 4 ta yöli elektrlaştirildi. Buxoro — Miskin liniyasida 5 ta kontakt tarmoği rayoni, 3 ta tortiş nimstansiyasi, 23 ta ta’mirlaşuçastkasi va 14 ta kesişma bunyod etildi. Urgut, Jartepa stansiyalari, Zarafşon, Ğijduvon blok-postlari hamda yöllari elektrlaştirilib, «Mustaqillikning 35 yilligi» deb nomlangan 19-raz’ezd yangidan qurilib, foydalanişga topşirildi.
Qönğirot mintaqaviy temir yöl uzelida 128,6 km uzunlikdagi Xiva — Turon — Miskin elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurilib, foydalanişga topşirildi. Kapital ta’mirlaş doirasida 2023–2026 yillarda mintaqaviy temir yöl uzeli hududida jami 69,576 km yöl yotqizildi, şundan 28 kilometri Miskin — Xiva uçastkasiga töğri keladi. Gurlan, Manğit, Qipçoq, Jumurtov va Blokpost-80 stansiyalari hamda 10 ta yer osti piyodalar ötiş yölagi yangidan qurildi. Qönğirot, Hazorasp, Törtköl vokzallari hamda Qönğirot lokomotiv deposi bino va sexlari modernizatsiya qilindi.
Qöqon mintaqaviy temir yöl uzelining Qöqon, Oxunboboyev va Axtaçi stansiyalarida saralaş yöllari töliq elektrlaştirilib, manyovr işlari elektr tortuviga ötkazildi. Poytuğ, Marğilon, Savay va Axtaçi stansiyalarining yöllari uzaytirildi hamda barça stansiyalar MPS tizimiga ötkazildi.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
repost
“Temiryölekspress” AJda “Zakovat” intellektual öyini ötkazildi
➕11-noyabr — Kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan “Temiryölekspress” AJ işçi-xodimlari örtasida “Kasaba uyuşmalari — xodimlar manfaatlari himoyasi, birdamlik, hamjihatlik va özaro qöllab-quvvatlaş timsolidir” şiori ostida “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi.
Mazkur tadbirdan közlangan asosiy maqsad kasaba uyuşmalari faoliyatining mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, bilim va tafakkurini rivojlantiriş, şuningdek, jamoalar örtasida özaro hamjihatlik va döstona munosabatlarni mustahkamlaşdan iborat böldi.
✅Qiziqarli va mazmunli savollarga boy bölgan intellektual bellaşuvda iştirokçi jamoalar öz bilimlari, mantiqiy fikrlaş va tezkor qaror qabul qiliş qobiliyatlarini namoyon etdilar. Keskin raqobat, qizğin bahs-munozaralar hamda özaro fikr almaşuvlar ruhida keçgan öyin iştirokçilar uçun bilimlarini sinaş va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlaş imkoniyatiga aylandi.
Bellaşuv yakuniga köra, eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar ğolib deb topilib, munosib taqdirlandi:i
🥇 1-örinni “Xunday Rotem” jamoasi qölga kiritib, 9 million sömlik sertifikat bilan taqdirlandi.
🥈 2-öringa sazovor bölgan “Tulpor” jamoasiga 6 million sömlik sertifikat topşirildi.
🥉 3-örinni qölga kiritgan “Talgo” jamoasiga 4 million sömlik sertifikat topşirildi.
Bellaşuvda faollik va intiliş körsatgan “Afrosiyob”, “Zukko xonimlar”, “Bilimdonlar” hamda “Tafakkur” jamoalari ham “Temiryölekspress” AJ kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan pul mukofotlari bilan rağbatlantirildi.
➡️Tadbir yakunida jamiyat kasaba uyuşmasi qömitasi raisi N. Ramazonova barça ğolib va iştirokçilarni samimiy qutlab, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tiladi.
Şuningdek, “Temiryölekspress” AJ boş muhandisi Ergaşev A. sözga çiqib, ğoliblarni tabrikladi. U bunday intellektual tadbirlar xodimlarning bilim salohiyatini oşiriş, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiriş, jamoada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda korporativ hamjihatlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişini alohida ta’kidladi.
✅ “Temiryölekspress” AJ matbuot xizmati
📱Telegram 📱Instagram
(poll without text)
(poll without text)
viral
“Özbekiston temir yöllari” holdingida boşqaruv majlisi bölib ötdi
Bugun, 2026-yil 6-noyabr kuni “Özbekiston temir yöllari” AJda 9 oy yakunlari böyiça jamiyat boşqaruvining navbatdagi Majlisi bölib ötdi. Unda 2026-yilning III çoragidagi işlar natijalari körib çiqildi va joriy yilning IV çoragidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Majlis davomida III çorak yakunlari böyiça iqtisodiy va moliyaviy körsatkiçlarning ma'ruzalari tinglandi va IV uçun prognozlar berildi. Şuningdek, temir yöl yölovçi taşiş xavfsizligini nazorat qilişni kuçaytiriş böyiça vazifalar qöyildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-noyabrdagi “Özbekiston temir yöllari” davlat-aksiyadorlik temir yöl kompaniyasini taşkil etiş töğrisida”gi PF-982-son Farmoniga muvofiq, Jamiyat özining 32 yillik yubileyini nişonlamoqda. Şu munosabat bilan 15 nafar temiryölçi alohida xizmatlari uçun “Faxriy temiryölçi” kökrak nişoni va 10 nafariga faxriy yorliq topşirildi.
_
В холдинге «Узбекистон темир йуллари» прошло заседание правления
Сегодня, 6 ноября 2026 года, в АО «Узбекистон темир йуллари» состоялось очередное заседание Правления Общества по итогам 9 месяцев. На нем были рассмотрены результаты работ за III квартал 2026 года и обсуждены приоритетные задачи на IV квартал текущего года. В ходе заседания заслушаны доклады экономических и финансовых показателей по итогам III квартала и даны прогнозы на IV. Также были поставлены задачи по усилению контроля безопасности железнодорожных пассажироперевозок.
Также, согласно Указу Президента Республики Узбекистан № УП-982 от 7 ноября 1994 года «Об образовании государственно-акционерной железнодорожной компании «Узбекистон темир йуллари», Общество отмечает своё 32-летие. В связи с этим 15 железнодорожников были награждены за выдающиеся заслуги нагрудным знаком «Почётный железнодорожник» и 10 почётной грамотой.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
repost
TEMIR YÖL KESIŞMASI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MODERNIZATSIYA QILINDI
“Temiryölinfratuzilma” AJ Buxoro mintaqaviy temir yöl uzeli filiali tomonidan poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlaş, avtomobil transporti harakati xavfsizligini oşiriş hamda temir yöl kesişmalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, filial tarkibidagi "Ğallaorol–Nurlidon" temir yöl stansiyalari oraliğining 3646-kilometr, 5-piketida, Nurlidon MFY hududidan ötuvçi qöriqlanmaydigan temir yöl kesişmasi zamonaviy texnologiyalar asosida töliq modernizatsiya qilinib, masofadan boşqariladigan avtomatik şlagbaumlar bilan jihozlangan holda foydalanişga topşirildi.
Mazkur kesişmada harakat xavfsizligini yanada mustahkamlaş maqsadida quyidagi qulaylik va imkoniyatlar yaratildi:
🔹 Kesişma hududiga zamonaviy videokuzatuv kameralari örnatildi;
🔹 Kesişmadagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatiş imkoniyati yaratildi;
🔹 Videokuzatuv kameralari orqali olingan tasvirlar bekat navbatçisi xonasidagi monitorga uzatildi;
🔹 Temir yöl kesişmasining har ikki tomoniga avtomatik şlagbaumlar örnatilib, ularni masofadan boşqariş imkoniyati bekat navbatçisiga berildi.
Amalga oşirilgan uşbu işlar temir yöl kesişmasida harakat xavfsizligini ta’minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş hamda temir yöl va avtomobil transporti harakati iştirokçilari uçun xavfsiz şaroit yaratişga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
🇺🇿Davlat tilida iş yuritiş holati örganildi
2026-yil 4-noyabr kuni 🚉“Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi H.Xatambayeva hamda “Temiryölinfratuzilma” AJ Toşkent MTU filiali Uzel boşliğining kadrlar va ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari R.Eşonqulov tomonidan 🌍Toşkent signallaştiriş va aloqa korxonasi hamda 🌍Toşkent elektr ta’minoti korxonasida davlat tilida iş yuritiş holati tahliliy örganildi.
Örganiş davomida korxonalarda rasmiy hujjatlarning davlat tilida yuritilişi, bino va xizmat xonalaridagi peşlavhalar, tarkibiy bölinmalar nomlari, axborot stendlari, yönaliş körsatkiçlari hamda boşqa yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi közdan keçirildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrdagi ÖRQ-1184-sonli “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi takomillaştirilib, uning tarkibi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Jumladan, O‘ örniga Ö, G‘ örniga Ğ, Ş örniga Ş, Ch örniga Ç harflarini qöllaş nazarda tutilgan.
Şu munosabat bilan mas’ul xodimlarga yangi alifboga bosqiçma-bosqiç ötiş jarayoniga tayyorgarlik köriş, rasmiy hujjatlar, axborot materiallari, peşlavha va körsatkiçlarni yangi alifbo talablariga muvofiqlaştiriş böyiça tuşuntirişlar berildi. Bunda Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kirişini, amaldagi alifbo asosida rasmiylaştirilgan hujjatlar hamda ayrim peşlavha va körsatkiçlardan qonunçilikda belgilangan tartibda foydalaniş mumkinligini inobatga oliş zarurligi ta’kidlandi.
Örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, barça yozuv va peşlavhalarni davlat tilida yagona talablar asosida rasmiylaştiriş, iş yuritiş hujjatlarini bosqiçma-bosqiç davlat tiliga ötkaziş, şuningdek, yangi alifboga ötiş böyiça zarur taşkiliy çora-tadbirlarni belgilaş yuzasidan tegişli tavsiya va körsatmalar berildi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
repost
Viloyatning transport aloqalarini yaxshilash bo‘yicha ham yirik rejalar belgilangan. Joriy yilda Buxorodan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi.
Kelasi yil M-37 yo‘lining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilash ishlari boshlanadi. Qiymati 200 million dollarlik ushbu loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yo‘l ham quriladi.
Samarqand – Buxoro yo‘nalishida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘l ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqtini hozirgi besh soatdan bir yarim soatgacha qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda. Shu yo‘nalishda tezyurar poyezd uchun yangi temir yo‘l liniyasi ham ko‘zda tutilgan.
Prezidentimiz mutasaddilarga avtomobil va temir yo‘l loyihalarining master-rejalarini yakunlash, hamkorlar bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 7,8 milliard dollar boʻlgan 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.
—
В рамках поездки в Бухарскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй и начала строительства 145 проектов на общую сумму 7,8 миллиарда долларов.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #loyihalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
repost
"FURQAT — OLTIARIQ" UCHASTKASIDA MUVAFFAQIYATLI "OKNO" TASHKIL ETILDI
Mahalliy aholining temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tishini ta'minlash hamda poyezdlar harakati xavfsizligini yanada oshirish maqsadida muhim loyiha amalga oshirildi.
2026-yilning 2-noyabr kuni soat 20:00 dan 3-noyabr kuni soat 06:00 gacha 10 soat mobaynida "Furqat – Oltiariq" temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi 240-kilometr 5-piketida maxsus turdagi texnikalardan foydalangan holda temir yo‘l ostidan 2,0x2,0 metr o‘lchamdagi temir-beton tunnel qurish ishlari bajarildi.
Mazkur mas'uliyatli tungi "okno" jarayoni "Qo'qon MTU" filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov tomonidan shaxsan nazorat qilinib barcha xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalariga to‘liq rioya etilishi, ish joyining tungi yoritgich chiroqlari bilan ta'minlanishi hamda harakat xavfsizligi qat'iy nazorat ostiga olindi. Shuningdek, belgilangan tartibda ishlar yakunlangach, poyezdlar harakati xavfsiz yo‘lga qo‘yilib, yo‘lning barqaror holatga kelishi to‘liq ta'minlandi.
viral
#KibermadaniyatOyligi2026
📢 1–30 ноябрь — «Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги»!
🔐 Киберсаводхонликни ошириш, интернет фирибгарлиги ва кибержиноятчиликнинг олдини олиш — барчамизнинг вазифамиз!
⚠️ Унутманг! Киберхавфсизлик ҳар биримиздан бошланади!
📱Telegram | 📱Youtube |📱Instagram | 📱 Facebook
Toşkentda MDH hamda Gruziya, Latviya, Estoniya davlatlari temir yölma'muriyatlari Tarif bitimi iştirokçilarining XXXV Tarif konferensiyasi bölib ötdi. Özbekiston mezbonlik qilgan nufuzli anjumanda 12 davlatning temir yöl ma'muriyatlaritarif böyiça mutaxassislari hamda Hamdöstlikka a'zo davlatlar temir yöl transporti kengaşi direksiyasi bir davrada yiğilişdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi – 2027-yilgi fraxt yili uçun Xalqaro qatnovda yuk taşişda temir yöl transporti tariflarinitasdiqlaş.
Bugungi kunda xalqaro qatnovda temir yöl transporti orqali yuklarni taşiş hajmioşmoqda: yuk egalari eng arzon, tez va işonçli yönalişni tanlaydi. Şu bois tarifşartlari temir yölning muqobil transport turlari bilan raqobatida hal qiluvçi omilgaaylanmoqda.
Anjumanni oçib bergan “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisi birinçiörinbosari X.N. Raxmetov bu masalaga alohida töxtaldi:
«Tariflar bugun oddiy raqamlar emas, ular yuk oqimlarini boşqa transport turlaridan temir yöl transportiga jalb qilişning asosiy yönalişlaridan biridir. Tarif şakllantirişga qançalik oqilona, uzoqni közlab va bozorga mos yondaşilsa, temir yölda taşiş hajmlari jadal suratlarda ösadi», – dedi u.
Konferensiyada temir yöl transporti tariflari yuk jönatuvçilar va temir yo֮ltransporti operatorlari manfaatlari örtasida muvozanatni ta'minlaydigan tarzdaşakllantiriş masalasi markaziy örin tutdi.
Özbekiston uçun bu anjuman mamlakatning mintaqa transport-logistikatizimidagi örni mustahkamlanayotganining yana bir tasdiği böldi.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
(poll without text)
(poll without text)
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda davlat tilidan foydalanamiz!
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
repost
HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANMOQDA
🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga Huawei kompaniyasi 😃XXRning Janubi-g’arbiy Jiaotong universiteti ekspertlari bilan birgalikda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, temir yo‘l sohasini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, temir yo‘l magistral harakatini boshqarish tizimlari sohasida ilgari erishilgan kelishuvlarni rivojlantirish,tajriba almashish maqsadida kelgan mehmonlar “Toshkent MTU” filialiga qarashli 🌍Chuqursoy va Nazarbek stansiyalariga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida stansiya ishlarining olib borilishi, raqamlashtirish va Situatsion markaz holatini, shuningdek, temir yo‘l poyezdlari harakatini boshqarishning amaldagi biznes-jarayonlari, poyezdlar harakatini boshqarishga aloqador tizimlarni modernizatsiya qilishning mumkin bo‘lgan texnik yechimlarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilindi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosarining 2026-yil 27-avgustdagi “InnoWeek.Uz-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligini yuqori saviyada ötkazişni ta'minlaş töğrisida”gi 53-sonli bayoniga hamda Jamiyat boşqaruv raisining 2026-yil 19-oktyabrdagi 528-N-sonli buyruğiga muvofiq, joriy yilning 27–29-oktyabr kunlari CAEx xalqaro körgazmalar maydonida “InnoWeek.Uz-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligida Jamiyat tarkibidagi korxona va taşkilotlar yuqori saviyada iştirok etişmoqda. Şuningdek, haftalik doirasida hamkorlikda qiziqiş bildirilgan korxonalar bilan hamkorlik töğrisidagi niyatlar memorandumlari tuzildi.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
repost
KELISHUV IJROSINI TА’MINLАSH YO'LIDA
#hamkorlik
👍👍👍👍👍👍
Joriy yil 14-16 oktabr kunlari 🇰🇿Qozogʼistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro biznes-forum doirasida 🇺🇿🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ Boshqaruvi raisi Z.Narzullaev hamda ““Qazaqstan temir joli”MK” АJ boshqaruvi raisi Yе.Otinshievlarning ikki tomonlama o‘tkazgan uchrashuvida, yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
Kuni kecha ushbu kelishuv ijrosini taʼminlash yo'lida birinchi qadam tashlandi.
🌍“Maqtaaral” o‘tkazish punktida Qozogʼiston tomondan birinchi yuk poyezdi qabul qilindi.
“Toshkent MTU” filiali boshligʼi Gʼ.Mamadaliyev boshchiligidagi ishchi guruh, “Harakat xavfsizligi” kunida ushbu o‘tkazish punktida Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona qo‘mitasi vakillari bilan uchrashib, hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida suhbatlashib olishdi. Shuningdek, ushbu maskanda qilinadigan bunyodkorlik ishlarini o‘rgandilar.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
Huawei kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasining Janubi-ğarbiy Jiaotong universiteti ekspertlari bilan birgalikda “Raqamli Özbekiston — 2030” strategiyasi doirasida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi, temir yöl sohasini raqamlaştiriş böyiça hamkorlikni yanada rivojlantiriş, temir yöl magistral harakatini boşqariş tizimlari (TMS) sohasida ilgari erişilgan kelişuvlarni rivojlantiriş, tajriba almaşiş hamda texnik masalalarni muhokama qiliş maqsadida “Özbekiston temir yöllari” AJga taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida stansiya işlarining olib borilişi, Dispetçerlik Markazi işi faoliyati, raqamlaştiriş va Situatsion markaz holatini, şuningdek, temir yöl poyezdlari harakatini boşqarişning amaldagi biznes-jarayonlari, poyezdlar harakatini boşqarişga aloqador tizimlarni modernizatsiya qilişning mumkin bölgan texnik yeçimlarni işlab çiqiş masalalari çuqur muhokama qilindi.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
repost
"Afrosiyob" yo‘lovchi elektropoyezdi harakatlanadigan temir yo‘l uchastkasi piyoda tekshirib o‘tildi
Temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazorat qilish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda profilaktik tekshiruvlar kuchaytirilmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-oktabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo‘lovchi elektropoyezdi qatnovi amalga oshiriladigan Qashqadaryo–Qarshi stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l uchastkasi piyoda tekshirib o‘tildi.
Nazorat tekshiruv davomida temir yo‘l izlarining texnik holati, rels va shpallar, kontakt tarmog‘i, signalizatsiya hamda aloqa qurilmalari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari, sun'iy inshootlar, qo‘riqlash postlari va panjara to‘siqlarining holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat