"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.2%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Viloyatning transport aloqalarini yaxshilash bo‘yicha ham yirik rejalar belgilangan. Joriy yilda Buxorodan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi. Kelasi yil M-37 yo‘lining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilash ishlari boshlanadi. Qiymati 200 million dollarlik ushbu loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yo‘l ham quriladi. Samarqand – Buxoro yo‘nalishida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘l ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqtini hozirgi besh soatdan bir yarim soatgacha qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda. Shu yo‘nalishda tezyurar poyezd uchun yangi temir yo‘l liniyasi ham ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz mutasaddilarga avtomobil va temir yo‘l loyihalarining master-rejalarini yakunlash, hamkorlar bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X

Views over time

01K2K3K4 Nov 06:3112 Nov 18:563.1K4 Nov 06:31: 0 views12 Nov 18:56: 3,130 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
4 Nov 2026, 06:310
12 Nov 2026, 18:563.1K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.