Toşkentda MDH hamda Gruziya, Latviya, Estoniya davlatlari temir yölma'muriyatlari Tarif bitimi iştirokçilarining XXXV Tarif konferensiyasi bölib ötdi. Özbekiston mezbonlik qilgan nufuzli anjumanda 12 davlatning temir yöl ma'muriyatlaritarif böyiça mutaxassislari hamda Hamdöstlikka a'zo davlatlar temir yöl transporti kengaşi direksiyasi bir davrada yiğilişdi. Konferensiyaning asosiy maqsadi – 2027-yilgi fraxt yili uçun Xalqaro qatnovda yuk taşişda temir yöl transporti tariflarinitasdiqlaş. Bugungi kunda xalqaro qatnovda temir yöl transporti orqali yuklarni taşiş hajmioşmoqda: yuk egalari eng arzon, tez va işonçli yönalişni tanlaydi. Şu bois tarifşartlari temir yölning muqobil transport turlari bilan raqobatida hal qiluvçi omilgaaylanmoqda. Anjumanni oçib bergan “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisi birinçiörinbosari X.N. Raxmetov bu masalaga alohida töxtaldi: «Tariflar bugun oddiy raqamlar emas, ular yuk oqimlarini boşqa transport turlaridan temir yöl transportiga jalb qilişning asosiy yönalişlaridan biridir. Tarif şakllantirişga qançalik oqilona, uzoqni közlab va bozorga mos yondaşilsa, temir yölda taşiş hajmlari jadal suratlarda ösadi», – dedi u. Konferensiyada temir yöl transporti tariflari yuk jönatuvçilar va temir yo֮ltransporti operatorlari manfaatlari örtasida muvozanatni ta'minlaydigan tarzdaşakllantiriş masalasi markaziy örin tutdi. Özbekiston uçun bu anjuman mamlakatning mintaqa transport-logistikatizimidagi örni mustahkamlanayotganining yana bir tasdiği böldi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X