“ÖZBЕKISTON TЕMIR YÖLLARI” AKSIYADORLIK JAMIYATI TAŞKIL ETILGANLIGINING 32 YILLIGI KATTA YUTUQLAR BILAN NIŞONLANMOQDA 2023 yil 10 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi temir yöl transporti sohasini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 329-sonli tarixiy qarori sohada yangi rivojlaniş davrini boşlab berdi. Uşbu hujjat bilan tizimda tub islohotlarga start berilgan edi. Temir yöl mintaqaviy uzellari ham yuqori körsatkiç va yuksak samaradorlik natijalarini qölga kirita boşladi. Sönggi 3 yilda Toşkent mintaqaviy temir yöl uzeli infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça amalga oşirilgan işlar natijasida Özbekiston, Paxta, Aqça, Ozodlik, Oqköprik, Çuqursoy, Boyovut, Oqoltin, Jaloir, Sergeli va Zarbdor stansiyalarida yangi yöllar qurilib, elektrlaştirildi. Jami 110,395 km temir yöl izlari kapital ta’mirlandi. Şuningdek, 28 kmlik «Xovos – Zomin turizm» hamda 24 kmlik «Baytqörğon – Parkent» elektrlaşgan yangi temir yöl liniyalari foydalanişga topşirildi. Yuk aylanmasi hajmi 109,2 foizga, yuk jönatiş hajmi esa 100,6 foizga oşdi. Qarşi mintaqaviy temir yöl uzelining Jayron — Kengsoy peregonida nişablik 13 promilledan 9 promillega tuşirilib, poyezdlar oğirligini 1 800 tonnadan 4 000 tonnagaça, tezlikni esa 25 km/soatdan 80 km/soatgaça oşiriş imkoniyati yaratildi. Maroqand — Qarşi va Qorovulbozor — Qaşqadaryo uçastkalarida yöllarni ta’mirlaş, strelka va köpriklarni tiklaş hamda piyodalar ötiş yölaklarini quriş işlari bajarildi. Yuk aylanmasi hajmi 132,4 foizga, yuk jönatiş hajmi esa 106,5 foizga oşdi. Termiz mintaqaviy temir yöl uzelida uzunligi 81 km bölgan Qumqörğon — Quduqli uçastkasini elektrlaştiriş işlari boşlandi. Şörçi — Xayrobod oraliğidagi sun’iy inşootlar, Termiz stansiyasi elektrlaştiriş posti va boşqaruv binolari rekonstruksiya qilindi. Lokomotiv deposida xodimlar uçun dam oliş majmuasi va piyodalar köprigiqurildi. Yuk aylanmasi hajmi 189 foizga, yuk jönatiş hajmi esa 115 foizga oşdi. Buxoro mintaqaviy temir yöl uzelining Buxoro — Navoiy uçastkasida ikkinçi elektrlaştirilgan temir yöl qurildi. Binokor — Tinçlik va Tinçlik — Navoiy oraliğidagi yöllar, Tinçlik stansiyasi boş yöllari va undagi yangi elektr markazlaştiriş posti, şuningdek, Ğallaorol stansiyasining 4 ta yöli elektrlaştirildi. Buxoro — Miskin liniyasida 5 ta kontakt tarmoği rayoni, 3 ta tortiş nimstansiyasi, 23 ta ta’mirlaşuçastkasi va 14 ta kesişma bunyod etildi. Urgut, Jartepa stansiyalari, Zarafşon, Ğijduvon blok-postlari hamda yöllari elektrlaştirilib, «Mustaqillikning 35 yilligi» deb nomlangan 19-raz’ezd yangidan qurilib, foydalanişga topşirildi. Qönğirot mintaqaviy temir yöl uzelida 128,6 km uzunlikdagi Xiva — Turon — Miskin elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurilib, foydalanişga topşirildi. Kapital ta’mirlaş doirasida 2023–2026 yillarda mintaqaviy temir yöl uzeli hududida jami 69,576 km yöl yotqizildi, şundan 28 kilometri Miskin — Xiva uçastkasiga töğri keladi. Gurlan, Manğit, Qipçoq, Jumurtov va Blokpost-80 stansiyalari hamda 10 ta yer osti piyodalar ötiş yölagi yangidan qurildi. Qönğirot, Hazorasp, Törtköl vokzallari hamda Qönğirot lokomotiv deposi bino va sexlari modernizatsiya qilindi. Qöqon mintaqaviy temir yöl uzelining Qöqon, Oxunboboyev va Axtaçi stansiyalarida saralaş yöllari töliq elektrlaştirilib, manyovr işlari elektr tortuviga ötkazildi. Poytuğ, Marğilon, Savay va Axtaçi stansiyalarining yöllari uzaytirildi hamda barça stansiyalar MPS tizimiga ötkazildi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X