"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.2%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali

"Afrosiyob" yo‘lovchi elektropoyezdi harakatlanadigan temir yo‘l uchastkasi piyoda tekshirib o‘tildi Temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazorat qilish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda profilaktik tekshiruvlar kuchaytirilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-oktabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo‘lovchi elektropoyezdi qatnovi amalga oshiriladigan Qashqadaryo–Qarshi stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l uchastkasi piyoda tekshirib o‘tildi. Nazorat tekshiruv davomida temir yo‘l izlarining texnik holati, rels va shpallar, kontakt tarmog‘i, signalizatsiya hamda aloqa qurilmalari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari, sun'iy inshootlar, qo‘riqlash postlari va panjara to‘siqlarining holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

Views over time

01K2K3K4K29 Oct 11:2212 Nov 18:563.4K29 Oct 11:22: 0 views12 Nov 18:56: 3,430 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
29 Oct 2026, 11:220
12 Nov 2026, 18:563.4K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.