“Temiryölekspress” AJda “Zakovat” intellektual öyini ötkazildi ➕11-noyabr — Kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan “Temiryölekspress” AJ işçi-xodimlari örtasida “Kasaba uyuşmalari — xodimlar manfaatlari himoyasi, birdamlik, hamjihatlik va özaro qöllab-quvvatlaş timsolidir” şiori ostida “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi. Mazkur tadbirdan közlangan asosiy maqsad kasaba uyuşmalari faoliyatining mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, bilim va tafakkurini rivojlantiriş, şuningdek, jamoalar örtasida özaro hamjihatlik va döstona munosabatlarni mustahkamlaşdan iborat böldi. ✅Qiziqarli va mazmunli savollarga boy bölgan intellektual bellaşuvda iştirokçi jamoalar öz bilimlari, mantiqiy fikrlaş va tezkor qaror qabul qiliş qobiliyatlarini namoyon etdilar. Keskin raqobat, qizğin bahs-munozaralar hamda özaro fikr almaşuvlar ruhida keçgan öyin iştirokçilar uçun bilimlarini sinaş va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlaş imkoniyatiga aylandi. Bellaşuv yakuniga köra, eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar ğolib deb topilib, munosib taqdirlandi:i 🥇 1-örinni “Xunday Rotem” jamoasi qölga kiritib, 9 million sömlik sertifikat bilan taqdirlandi. 🥈 2-öringa sazovor bölgan “Tulpor” jamoasiga 6 million sömlik sertifikat topşirildi. 🥉 3-örinni qölga kiritgan “Talgo” jamoasiga 4 million sömlik sertifikat topşirildi. Bellaşuvda faollik va intiliş körsatgan “Afrosiyob”, “Zukko xonimlar”, “Bilimdonlar” hamda “Tafakkur” jamoalari ham “Temiryölekspress” AJ kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan pul mukofotlari bilan rağbatlantirildi. ➡️Tadbir yakunida jamiyat kasaba uyuşmasi qömitasi raisi N. Ramazonova barça ğolib va iştirokçilarni samimiy qutlab, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tiladi. Şuningdek, “Temiryölekspress” AJ boş muhandisi Ergaşev A. sözga çiqib, ğoliblarni tabrikladi. U bunday intellektual tadbirlar xodimlarning bilim salohiyatini oşiriş, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiriş, jamoada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda korporativ hamjihatlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişini alohida ta’kidladi. ✅ “Temiryölekspress” AJ matbuot xizmati 📱Telegram 📱Instagram
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔
Subscribers
12.1K
+0 24h
Reach per post (ERR)
62.2%7.5K avg views
Posting
2.7/day
last 1 day ago
Reactions per 1K views
1.3
❤ 👍 👏
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 6 Nov 2026, 11:46 | 0 |
| 12 Nov 2026, 18:56 | 4.2K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.