KELISHUV IJROSINI TА’MINLАSH YO'LIDA #hamkorlik 👍👍👍👍👍👍 Joriy yil 14-16 oktabr kunlari 🇰🇿Qozogʼistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro biznes-forum doirasida 🇺🇿🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ Boshqaruvi raisi Z.Narzullaev hamda ““Qazaqstan temir joli”MK” АJ boshqaruvi raisi Yе.Otinshievlarning ikki tomonlama o‘tkazgan uchrashuvida, yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Kuni kecha ushbu kelishuv ijrosini taʼminlash yo'lida birinchi qadam tashlandi. 🌍“Maqtaaral” o‘tkazish punktida Qozogʼiston tomondan birinchi yuk poyezdi qabul qilindi. “Toshkent MTU” filiali boshligʼi Gʼ.Mamadaliyev boshchiligidagi ishchi guruh, “Harakat xavfsizligi” kunida ushbu o‘tkazish punktida Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona qo‘mitasi vakillari bilan uchrashib, hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida suhbatlashib olishdi. Shuningdek, ushbu maskanda qilinadigan bunyodkorlik ishlarini o‘rgandilar. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram