🇺🇿Davlat tilida iş yuritiş holati örganildi 2026-yil 4-noyabr kuni 🚉“Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi H.Xatambayeva hamda “Temiryölinfratuzilma” AJ Toşkent MTU filiali Uzel boşliğining kadrlar va ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari R.Eşonqulov tomonidan 🌍Toşkent signallaştiriş va aloqa korxonasi hamda 🌍Toşkent elektr ta’minoti korxonasida davlat tilida iş yuritiş holati tahliliy örganildi. Örganiş davomida korxonalarda rasmiy hujjatlarning davlat tilida yuritilişi, bino va xizmat xonalaridagi peşlavhalar, tarkibiy bölinmalar nomlari, axborot stendlari, yönaliş körsatkiçlari hamda boşqa yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi közdan keçirildi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrdagi ÖRQ-1184-sonli “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur Qonunga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi takomillaştirilib, uning tarkibi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Jumladan, O‘ örniga Ö, G‘ örniga Ğ, Ş örniga Ş, Ch örniga Ç harflarini qöllaş nazarda tutilgan. Şu munosabat bilan mas’ul xodimlarga yangi alifboga bosqiçma-bosqiç ötiş jarayoniga tayyorgarlik köriş, rasmiy hujjatlar, axborot materiallari, peşlavha va körsatkiçlarni yangi alifbo talablariga muvofiqlaştiriş böyiça tuşuntirişlar berildi. Bunda Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kirişini, amaldagi alifbo asosida rasmiylaştirilgan hujjatlar hamda ayrim peşlavha va körsatkiçlardan qonunçilikda belgilangan tartibda foydalaniş mumkinligini inobatga oliş zarurligi ta’kidlandi. Örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, barça yozuv va peşlavhalarni davlat tilida yagona talablar asosida rasmiylaştiriş, iş yuritiş hujjatlarini bosqiçma-bosqiç davlat tiliga ötkaziş, şuningdek, yangi alifboga ötiş böyiça zarur taşkiliy çora-tadbirlarni belgilaş yuzasidan tegişli tavsiya va körsatmalar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram