"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost

    So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi. O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 200 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi. Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi! Facebook|Instagram|X

  2. repost

    Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi. – Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir! – dedi mamlakatimiz yetakchisi. Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Prezidentimiz inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. – 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi, – dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X

  4. repost
    +1

    HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH YO‘LIDА. 👍👍👍👍👍👍 🚉"O‘zbekiston temir yo‘llari" АJ boshqaruvi raisining 2026 yil 23 iyundagi “Toshkent Chirchiq – Chimyon” avtomobil yo‘li va “Bektemir – Chirchiq – Gʼazalkent Chorbogʼ qo‘rgʼoni” avtomobil yo‘li kesishgan qismida mavjud temir yo‘l tarmogʼini ko‘chirish loyihasini amalga oshirish to‘gʼrisidagi 327-N-sonli buyrugʼiga binoan, 🤩Barraj – Xojikent temir yo‘l bekatlarining PK4802+00 PK4901+00 oraligʼida qurilgan ⭐️⭐️temir yo‘l ko‘prigida 6 ta (23,6m) konstruktiv shakldagi temir-beton to‘sinlarni (balka) montaj qilish hamda 700 metr mavjud temir yo‘lni yangi o‘qga ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yil 19 avgust kuni tunda boshlangan temir beton to‘sinlarni montaj qilish jarayonlari bugun tunda ham davom etdi. Tajribali mutaxassislar rejadagi 6 ta konstruktiv shakldagi temir-beton to‘sinlarning uchinchisini montaj qildilar. Qurilish jarayoni davom etmoqda. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  5. repost

    YANGI AXBOROT TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI “Yangi texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirish” yo‘nalishidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida JDS-782-sonli buyruq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi hamda Raqamlashtirish bo‘limi rahbarlari, shuningdek, barcha Yo‘l xo‘jaligi korxonalaridan jalb etilgan xodimlar ishtirokida yangi yaratilayotgan AISUP axborot tizimi bo‘yicha tushuntirish va amaliy yo‘riqnoma ishlari olib borildi. Tadbir davomida yangi axborot tizimining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda yo‘l xo‘jaligida ish jarayonlarini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur tizimni amaliyotga joriy etish orqali ish jarayonlarini yanada tezkor, shaffof va samarali tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  6. repost

    50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi. — 163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  7. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  8. repost

    Xavfsizlik va zamonaviy infratuzilma sari: Quva — Asaka yo‘nalishida temir yo‘l ostidan o‘tish tuneli qurilmoqda ​"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2026-yil 20-avgustdagi 265-UN-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P.Millajanov boshchiligida amaliy ishlar olib borildi. ​Jumladan, Quva – Asaka temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi 303-kilometr 6-piketida temir yo‘l ostidan temir-beton tunnel (yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi) qurish ishlari tashkillashtirilib, belgilangan "okno" vaqtida maxsus texnikalar yordamida muvaffaqiyatli bajarildi. ​Barcha jarayonlar xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda amalga oshirildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari hududda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

  9. repost

    👆👆👆👆👆👆👆👆 TEMIR-BETON TUNNEL O‘RNATISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 2026-yil 20-avgustdagi 265-YH-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali “Andijon temir yo‘l masofasi” filiali tomonidan tegishli ishlar tashkil etildi. “Qo‘qon MTU” filialiga qarashli Quva–Asaka temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 303-kilometr 6-piketida 24-avgust kuni soat 19:00 dan 25-avgust kuni soat 07:00 ga qadar “okno” uchun 12 soat vaqt ajratildi. Mazkur vaqt davomida maxsus turdagi texnikalardan foydalangan holda temir yo‘l ostidan temir-beton tunnel (quvur) o‘rnatish hamda tegishli qurilish ishlari amalga oshirildi. Ishlarni boshlashdan avval barcha ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va harakat xavfsizligi talablariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tushuntirish va yo‘riqnomalar berildi. Belgilangan “okno” vaqtida ishlar tasdiqlangan tartib asosida, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilingan holda, maxsus texnikalar va ishchi-xodimlarni jalb etgan holda sifatli va xavfsiz tarzda bajarildi. 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  10. repost

    🚉TEMIR YO‘L OSTIDAN TONNELLAR QURISH DAVOM ETMOQDA. Aholining temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tishini, shuningdek, poyezdlar harakatlanadigan uchastkalarda xavfsizlikni yanada oshirish maqsadida temir yo‘l ostidan temir-beton ⭐️⭐️ tonnellar qurish ishlari davom etmoqda. 21-24-avgust kunlari “Toshkent MTU” filialiga qarashli Keles–Nazarbek temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 3353-km 6-piketida temir yo‘l ostidan temir-beton tonnel qurilishi ishlari amalga oshirildi. Qurilish ishlarini xavfsiz tashkil etish uchun har ikki kunda 8 soatlik “okno” berildi. Ushbu jarayonda poyezdlar harakati xavfsizligi va mehnat muhofazasiga rioya etilishi, qurilish ishlarining sifati hamda ish yakunida temir yo‘l infratuzilmasini poyezdlar harakati uchun tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Filial rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi. Mazkur loyiha, temir yo‘lni kesib o‘tishda xavfsiz sharoit yaratish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  11. repost

    🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi. “Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev. Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi. “Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u. Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan. “Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti. Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi. “Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u. ✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665

  12. repost

    Главное из заявления Президента Шавката Мирзиёева представителям СМИ по итогам переговоров с Президентом Азербайджана Ильхамом Алиевым: 📌 Государственный визит Президента Азербайджана в Узбекистан имеет историческое значение; 📌 Подписанный Договор о вечной дружбе отражает совместное стремление углублять взаимодействие, расширять возможности для сотрудничества и строить общее будущее; 📌 Азербайджан – наш надежный союзник, стратегический партнер и братское государство; 📌 Общие исторические корни, многовековая дружба, нерушимые духовные ценности, схожие культура делают наши отношения монолитными и неуязвимыми; 📌 Созданный несколько лет назад Инвестиционный фонд играет важную роль в продвижении проектов промышленной кооперации; 📌 Будем вместе развивать потенциал Транскаспийского коридора, повышать эффективность логистической инфраструктуры, активизируем работу по созданию совместного флота на Каспийском море; 📌 Знаковым событием станет создание совместного художественного фильма, посвященного литературному наследию Низами Гянджеви и Алишера Навои; 📌 В рамках Чемпионат мира по футболу среди молодежи предложили принять масштабную межгосударственную программу «Две страны – один чемпионат»; 📌 Глубина наших дискуссий демонстрируют, насколько мощный масштаб и беспрецедентную динамику набрала повестка узбекско-азербайджанского практического сотрудничества; 📌 Итоги визита откроют новые горизонты для совместных проектов и устойчивого развития двух братских стран. Facebook|Instagram|X

  13. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar: 📌 Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega; 📌 Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi, u o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish, hamkorlikni kengaytirish va umumiy kelajakni barpo etishga bo‘lgan mushtarak intilishni aks ettiradi; 📌 Ozarbayjon – bizning ishonchli ittifoqchimiz, strategik hamkorimiz va biz uchun qardosh davlat; 📌 Umumiy tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zgarmas ma’naviy qadriyatlar va mushtarak madaniyat munosabatlarimizni mustahkam qiladi; 📌 Bir necha yil avval tashkil etilgan Investitsiya jamg‘armasi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surishda muhim rol o‘ynamoqda; 📌 Transkaspiy koridorining salohiyatini birgalikda rivojlantiramiz, logistika infratuzilmasi samaradorligini oshiramiz, Kaspiy dengizida qo‘shma flot tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtiramiz; 📌 Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy filmning yaratilishi muhim voqea bo‘ladi; 📌 Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida “Ikki mamlakat – bir chempionat” nomli keng ko‘lamli davlatlararo dasturni amalga oshirishni taklif etdik; 📌 Muhokamalarimizning mazmuni va kengligi O‘zbekiston – Ozarbayjon amaliy hamkorligining kun tartibi naqadar katta ko‘lam va misli ko‘rilmagan dinamikaga egaligini ko‘rsatmoqda; 📌 Tashrif yakunlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar va barqaror rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochadi. Facebook|Instagram|X

  14. repost
    +3

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев провели встречу в узком составе и третье заседание Высшего межгосударственного совета. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokaralar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  15. repost

    Umummilliy so‘rovnoma: Transport universiteti bitiruvchilari — yirik ishlab chiqarish korxonalari tayanchi 👉 Batafsil Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News

  16. repost

    𝗬𝗔𝗡𝗚𝗜 𝗟𝗢𝗬𝗜𝗛𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗧𝗔𝗤𝗗𝗜𝗠𝗢𝗧𝗜 𝗢'𝗧𝗞𝗔𝗭𝗜𝗟𝗗𝗜. 👍👍👍👍👍👍 𝗧𝗼𝘀𝗵𝗸𝗲𝗻𝘁 𝗺𝗶𝗻𝘁𝗮𝗾𝗮𝘃𝗶𝘆 𝘁𝗲𝗺𝗶𝗿 𝘆𝗼‘𝗹 𝘂𝘇𝗲𝗹𝗶 𝗳𝗶𝗹𝗶𝗮𝗹𝗶 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗹𝗶𝗴‘𝗶 𝗢.𝗡.𝗫𝘂𝗱𝗼𝘆𝗾𝘂𝗹𝗼𝘃 𝘁𝗼𝗽𝘀𝗵𝗶𝗿𝗶𝗴'𝗶 𝗮𝘀𝗼𝘀𝗶𝗱𝗮 Uzel tizimidagi Signalizatsiya va aloqa, Elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar tomonidan yangi texnika va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga samarali joriy etish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar ko‘rib chiqildi. Aloqa va signallashtirish sohasidagi qurilmalarni zamonaviy, harakat xavfsizligini taʼminlaydigan aloqa qurilmalarini mahalliylashtirish borasidagi barcha loyihalar Uzel boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqildi. Loyiha mualliflariga qulay sharoit yaratish, maxsus Labaratoriya tashkil qilish kabi ko‘plab vazifalar belgilab olindi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  17. repost

    HARAKAT XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA Joylarda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda Jamiyat rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish maqsadida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev G‘alaba stansiyasi va stansiyaning ko‘rik parkida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Nazorat davomida stansiyadagi ekspluatatsion ishlarning borishi, ishchi-xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, stansiya hududidagi yo‘llar hamda strelkali o‘tkazgichlarning texnik holati birma-bir ko‘zdan kechirildi. G‘alaba stansiyasining ko‘rik parkida ham harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishi, ishlarning belgilangan texnologik jarayonlar asosida sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, temir yo‘l izlarining texnik holati hamda hududda olib borilayotgan ishlar nazorat qilindi. Nazorat safari yakunida mas’ul rahbarlar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masalalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan suhbatlashilib, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

  18. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda tarif metodologiyasi muhokama qilindi Bugun, 2026-yil 20-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida sohani isloh qilish doirasida yangi tarif metodologiyasini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon banki ishtirokidagi xalqaro konsultantlar va tegishli vazirlik hamda idoralar mutaxassislari qatnashdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-son qarori hamda 2024 yil 31 dekabrdagi “Temir yo‘l sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi F-70-son farmoyishiga muvofiq amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarining mantiqiy davomidir. Muhokamalarda Jahon banki ko‘magida jalb etilgan mahalliy ekspertlar vakillari tomonidan tayyorlanayotgan yangi tarif metodikasining yakuniy takliflari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar transport xizmatlari narxini shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish, infratuzilmadan foydalanish samaradorligini oshirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Yangi metodikaning asosiy maqsadi temir yo‘l tizimini iqtisodiy jihatdan mustaqil va raqobatbardosh tizimga aylantirishdan iborat. Kun tartibidagi barcha bandlar atroflicha tahlil qilinib, bildirilgan takliflar asosida hujjatni takomillashtirish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlar belgilab olindi. Ekspertlar guruhi tarif metodologiyasini yakunlash va uni yaqin muddatlarda tasdiqlashga kiritish uchun ishni jadallashtirishga kelishib oldi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  19. Ichki ishlar vazirligi xodimlari O‘zbekiston temir yo‘llari tizimi bilan tanishdi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlik va transport ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tashkiliy muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Musayev Maqsud boshchiligidagi xodimlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlarga jamiyatda joriy etilgan axborot tizimlari va raqamli yechimlar, ularning ishlash jarayonlari hamda temir yo‘l sohasida boshqaruv va nazoratni raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tegishli tizimlari va situasion markazlari faoliyati bilan tanishib, ularning transport jarayonlarini monitoring qilish, ma’lumotlarni tahlil etish va tezkor boshqaruvni ta’minlashdagi imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Tashrif yakunida tomonlar transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  20. repost

    HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNIDА 👍👍👍👍👍👍 19- avgust kuni "Toshkent MTU" filiali boshligʼining birinchi oʼrinbosari Sh. Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh, 🌍Guliston - Boyavut yoʼnalishidagi temir yoʼl uchastkasida boʼlib, 3488 kilometrda temir yoʼl ostida tonnel qurilish jarayonlarini koʼzdan kechirdilar. "Okno" vaqtida poyezdlar harakat xavsizligi hamda mehnat muhofazasini taʼmilash, qurilish sifati boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berdilar. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan, Xovos temir yoʼl masofasi hamda Xovos elektr masofasi korxonalari faoliyati, harakat xavfsizligini taʼmilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʼrganildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  21. Older posts