👆👆👆👆👆👆👆👆 TEMIR-BETON TUNNEL O‘RNATISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 2026-yil 20-avgustdagi 265-YH-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali “Andijon temir yo‘l masofasi” filiali tomonidan tegishli ishlar tashkil etildi. “Qo‘qon MTU” filialiga qarashli Quva–Asaka temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 303-kilometr 6-piketida 24-avgust kuni soat 19:00 dan 25-avgust kuni soat 07:00 ga qadar “okno” uchun 12 soat vaqt ajratildi. Mazkur vaqt davomida maxsus turdagi texnikalardan foydalangan holda temir yo‘l ostidan temir-beton tunnel (quvur) o‘rnatish hamda tegishli qurilish ishlari amalga oshirildi. Ishlarni boshlashdan avval barcha ishchi-xodimlarga mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va harakat xavfsizligi talablariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tushuntirish va yo‘riqnomalar berildi. Belgilangan “okno” vaqtida ishlar tasdiqlangan tartib asosida, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilingan holda, maxsus texnikalar va ishchi-xodimlarni jalb etgan holda sifatli va xavfsiz tarzda bajarildi. 🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram