"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda tarif metodologiyasi muhokama qilindi Bugun, 2026-yil 20-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida sohani isloh qilish doirasida yangi tarif metodologiyasini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon banki ishtirokidagi xalqaro konsultantlar va tegishli vazirlik hamda idoralar mutaxassislari qatnashdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-son qarori hamda 2024 yil 31 dekabrdagi “Temir yo‘l sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi F-70-son farmoyishiga muvofiq amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarining mantiqiy davomidir. Muhokamalarda Jahon banki ko‘magida jalb etilgan mahalliy ekspertlar vakillari tomonidan tayyorlanayotgan yangi tarif metodikasining yakuniy takliflari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar transport xizmatlari narxini shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish, infratuzilmadan foydalanish samaradorligini oshirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Yangi metodikaning asosiy maqsadi temir yo‘l tizimini iqtisodiy jihatdan mustaqil va raqobatbardosh tizimga aylantirishdan iborat. Kun tartibidagi barcha bandlar atroflicha tahlil qilinib, bildirilgan takliflar asosida hujjatni takomillashtirish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlar belgilab olindi. Ekspertlar guruhi tarif metodologiyasini yakunlash va uni yaqin muddatlarda tasdiqlashga kiritish uchun ishni jadallashtirishga kelishib oldi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

Views over time

02.5K5K7.5K10K20 Aug 10:2412 Nov 18:568.2K20 Aug 10:24: 0 views12 Nov 18:56: 8,230 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
20 Aug 2026, 10:240
12 Nov 2026, 18:568.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.