Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar: 📌 Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega; 📌 Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi, u o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish, hamkorlikni kengaytirish va umumiy kelajakni barpo etishga bo‘lgan mushtarak intilishni aks ettiradi; 📌 Ozarbayjon – bizning ishonchli ittifoqchimiz, strategik hamkorimiz va biz uchun qardosh davlat; 📌 Umumiy tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zgarmas ma’naviy qadriyatlar va mushtarak madaniyat munosabatlarimizni mustahkam qiladi; 📌 Bir necha yil avval tashkil etilgan Investitsiya jamg‘armasi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surishda muhim rol o‘ynamoqda; 📌 Transkaspiy koridorining salohiyatini birgalikda rivojlantiramiz, logistika infratuzilmasi samaradorligini oshiramiz, Kaspiy dengizida qo‘shma flot tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtiramiz; 📌 Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy filmning yaratilishi muhim voqea bo‘ladi; 📌 Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida “Ikki mamlakat – bir chempionat” nomli keng ko‘lamli davlatlararo dasturni amalga oshirishni taklif etdik; 📌 Muhokamalarimizning mazmuni va kengligi O‘zbekiston – Ozarbayjon amaliy hamkorligining kun tartibi naqadar katta ko‘lam va misli ko‘rilmagan dinamikaga egaligini ko‘rsatmoqda; 📌 Tashrif yakunlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar va barqaror rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochadi. Facebook|Instagram|X