Xavfsizlik va zamonaviy infratuzilma sari: Quva — Asaka yo‘nalishida temir yo‘l ostidan o‘tish tuneli qurilmoqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2026-yil 20-avgustdagi 265-UN-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P.Millajanov boshchiligida amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, Quva – Asaka temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi 303-kilometr 6-piketida temir yo‘l ostidan temir-beton tunnel (yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi) qurish ishlari tashkillashtirilib, belgilangan "okno" vaqtida maxsus texnikalar yordamida muvaffaqiyatli bajarildi. Barcha jarayonlar xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda amalga oshirildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari hududda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.