"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost

    BAXTSIZ HODISALARNI OLDINI OLISH, MEHNAT MUHOFAZASI BOʻYICHA MUHOKAMA Qoʻqon MTU filiali bosh muhandisi U.R.Majidov va Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti bosh noziri A.I.Toshmatov boshchiligida tegishli rahbarlar, tarmoq rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida kengaytirilgan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Uchrashuvda ECHK-26 elektromexanigi Sotvoldiev Abdumavlon Ibrohimjon oʻgʻli bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisa atroflicha va tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklar qatʼiy tahlil etildi. Muhokama jarayonida: - Mehnat muhofazasi, elektr va harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash; - Ishlarni boshlashdan oldin havfsizlik talablarini toʻliq, sifatli va barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda bajarish; - Har bir ish joyida nazoratni yanada kuchaytirish, texnologik intizomga qatʼiy boʻysunishga urgʻu berildi. Yigʻilish yakunida ish jarayonlarini toʻgʻri bajarish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazilib, barcha xodimlarga namuna sifatida koʻrsatildi.

  2. repost
    +1

    "O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER" AJ KONTEYNER PARKI 250 TA YANGI 40 HC KONTEYNER BILAN KENGAYTIRILDI "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, Jamiyat konteyner parkini 1 000 dona zamonaviy yirik tonnajli konteynerlar bilan kengaytirish belgilangan. Mazkur vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida joriy yilda Jamiyat tomonidan 250 dona yangi 40 HC turidagi konteynerlar xarid qilindi. Ushbu konteynerlar Jamiyatning tashish imkoniyatlarini kengaytirish, konteyner parkini yangilash hamda xalqaro yo‘nalishlarda barqaror tashuvlarni tashkil etishga xizmat qiladi. Yangi konteynerlardan kelgusida Xitoy – O‘zbekiston – Xitoy yo‘nalishida eksport-import yuklarini tashishda samarali foydalanish ko‘zda tutilgan. "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ mijozlarga kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro konteyner tashuvlari geografiyasini kengaytirish hamda transport xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi. 〰️〰️〰️ КОНТЕЙНЕРНЫЙ ПАРК АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР» ПОПОЛНИЛСЯ 250 НОВЫМИ КОНТЕЙНЕРАМИ ТИПА 40 HC В соответствии со Стратегией развития АО «Узтемирйулконтейнер» на 2025–2030 годы предусмотрено расширение контейнерного парка Общества на 1 000 современных крупнотоннажных контейнеров. В рамках поэтапной реализации поставленных задач в текущем году Обществом приобретено 250 новых контейнеров типа 40 HC. Новые контейнеры позволят расширить перевозочные возможности организации, обновить контейнерный парк и обеспечить стабильность перевозок по международным направлениям. В дальнейшем новые контейнеры планируется эффективно использовать для перевозки экспортно-импортных грузов по маршруту Китай – Узбекистан – Китай. АО «Узтемирйулконтейнер» продолжает оптимизировать работы по оказанию комплексных транспортно-логистических услуг, расширению географии международных контейнерных перевозок и оптимизации транспортных расходов. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 😎LinkedIn

  3. repost
    +6

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел в городе Хиве открытый диалог с предпринимателями. #Mirziyoyev #muloqot #tadbirkorlar #tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  4. repost

    Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi. – Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda, – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

  6. repost

    Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. — Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах. Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как: – обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства; – расширение возможностей для бизнеса в регионах; – создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»; – наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки; – резкое сокращение административного давления на бизнес. Facebook|Instagram|X

  7. repost

    Xorazmda Yangi O‘zbekiston qiyofasi: ulkan o‘zgarishlar, yangi quvvatlar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi loyihalar. — Облик Нового Узбекистана в Хорезме: масштабные преобразования, новые мощности и проекты во имя благополучия людей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  8. repost

    Davlatimiz rahbari yangi temir yo‘l liniyasi orqali Urganchdan Xivaga keldi. — Глава нашего государства прибыл из Ургенча в Хиву по новой железнодорожной линии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  9. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yoʻl bekatini bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari bu yo‘nalishga qo‘yilgan yangi elektropoyezdda Xivaga keldi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с железнодорожной линией, соединившей международный аэропорт Ургенча с железнодорожной станцией Хивы. Глава государства прибыл в Хиву на новом электропоезде, запущенном на этом маршруте. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #temiryul Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  10. repost

    Yulduzlar yo‘lovchilar bilan bir poyezdda Taniqli estrada xonandasi Munisa Rizayeva “Afrosiyob” elektropoyezdida safar davomida yo‘lovchilar bilan birga jonli qo‘shiq kuylab, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bunday tashabbuslar yo‘l taassurotlarini yanada unutilmas qilib, yo‘lovchilar uchun safarni nafaqat manzilga yetib borish, balki yorqin xotiralarga boy jarayonga aylantiradi. ✅“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati 📱Telegram 📱Instagram

  11. repost

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Хорезмскую область. Глава нашего государства ознакомится с новыми проектами и созданной инфраструктурой в сферах промышленности, образования, транспорта, туризма и других. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки завтра, 18 августа состоится очередной открытый диалог с предпринимателями. Facebook|Instagram|X