Amerikalik jurnalistga "Oltin qalam" mukofoti topshirildi @TIVmatbuot
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
-
-
repost
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на 31-й сессии Конференции сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата (COP31): 📌Узбекистан последовательно поддерживает глобальные усилия по борьбе с изменением климата. Строится новая модель развития на основе рационального использования природных ресурсов и «зелёных» технологий; 📌Узбекистан досрочно выполнил цель по сокращению выбросов парниковых газов на единицу ВВП на 35 процентов, и определил новую планку – снижение на 50 процентов к 2035 году; 📌За десять лет водоемкость экономики сократилась почти вдвое, а водозабор – на одну пятую. Внедрение водосберегающих технологий уже охватило более 60 процентов орошаемых земель; 📌Со следующего года Узбекистан принимает председательство в Международном фонде спасения Арала и намерен на высочайшем уровне выполнить эту ответственную миссию управления трансграничными бассейнами; 📌В Узбекистане осуществляются масштабные меры по восстановлению земель. Площадь лесонасаждений увеличена на шесть миллионов гектаров, треть из которых высажена в Приаралье; 📌Последовательно реализуется Стратегия обращения с отходами, в рамках которой инвестируется более трех миллиардов долларов; 📌Каждый пятый житель страны – это школьник или студент. Благодаря системному подходу к 2050 году три четверти жителей Узбекистана получат природоцентричное образование; 📌Ни одна страна не может решать климатические проблемы в одиночку. В Центральной Азии возрастают масштабы таких угроз, как таяние ледников, дефицит воды и экстремальные засухи. Эти общие вызовы требуют от стран региона совместных действий; 📌Выдвинута инициатива развития в Центральной Азии Модели климатической интеграции. Предложено начать данное сотрудничество с трех ключевых направлений; 📌Первое – информационное. Необходимо при содействии Всемирной метеорологической организации создать инфраструктуру обмена сведениями о климатических рисках; 📌Второе – технологическое. Узбекистан намерен сделать ежегодную выставку «Eco Expo» постоянной инвестиционно-технологической площадкой для современных экологических решений, адаптированных к реалиям региона; 📌Третье – финансовое. Предложено проработать с банками развития и целевыми фондами новые инструменты поддержки Центральной Азии, включая льготные гранты, а также механизмы «синего» и «аридного» финансирования. Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi (COP31) nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Yangi taraqqiyot modelini “yashil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda; 📌O‘zbekiston YIM birligiga to‘g‘ri keladigan gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga borib, zararli chiqindilarni 50 foizga kamaytirish bo‘yicha yangi marrani belgiladi; 📌O‘n yil ichida iqtisodiyotda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beshdan bir qismga kamaydi. Sug‘oriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi; 📌O‘zbekiston kelgusi yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi va transchegaraviy havzalarni boshqarishdek mas’uliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oshirishga tayyor; 📌Yerlarni keng ko‘lamda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. O‘rmonlar maydoni olti million gektarga ko‘paytirildi, uning uchdan bir qismi Orolbo‘yi hududiga to‘g‘ri keladi; 📌Uch milliard dollardan ortiq investitsiya yo‘naltiriladigan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” joriy etildi; 📌Mamlakatning har beshinchi fuqarosi – maktab o‘quvchisi yoki talaba. Tizimli ekologik ta’lim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, O‘zbekiston aholisining to‘rtdan uch qismi tabiatni asrash bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘ladi; 📌Iqlim muammolariga hech bir davlat yolg‘iz holda yechim topa olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi xatarlarning ko‘lami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan mushtarak harakatlarni talab qiladi; 📌Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu hamkorlikni uchta asosiy yo‘nalishdan boshlash taklif qilindi; 📌Birinchisi – axborot yo‘nalishi. Jahon meteorologiya tashkiloti ko‘magida iqlim xavf-xatarlari to‘g‘risida ma’lumot almashish infratuzilmasini yaratish zarur; 📌Ikkinchisi – texnologik yo‘nalish. O‘zbekiston har yili o‘tkazadigan Markaziy Osiyoning “Eco Expo” ko‘rgazmasini mintaqaga mos zamonaviy ekologik yechimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirishni maqsad qilgan; 📌Uchinchisi – moliyaviy yo‘nalish. Taraqqiyot banklari va maqsadli jamg‘armalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uchun yangi ko‘mak vositalari – imtiyozli grantlar, shuningdek, “moviy” va “arid” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi. Facebook|Instagram|X
-
repost 


+6
Bugun Toshkentda O‘zA va TASS axborot agentliklari tomonidan tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini boshladi. Tadbirda ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalarining yuqori martabali vakillari, yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, ekspertlar hamda media hamjamiyatlari vakillari ishtirok etmoqda. Forumning ochilishidagi nutqimda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan muntazam muloqoti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, media va kommunikatsiyalar sohasidagi aloqalar rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlayotganini ta’kidladim. So‘nggi yillarda O‘zbekiston axborot makonida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarining 67 foizi nodavlat sektorga to‘g‘ri keladi, internetdan foydalanish darajasi 94 foizga yetdi. Raqamli kontent ishlab chiqarish ko‘lami kengaymoqda, Markaziy Osiyoda birinchi milliy mediabank ishga tushirildi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi professional media hamjamiyati oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Axborotning ishonchliligini ta’minlash, jurnalistlarning mas’uliyatini oshirish, feyklar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot xurujlari va yolg‘on xabarlar mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz o‘rtasida ishonchsizlik va kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmasligi kerak. Aksincha, so‘z va axborot o‘zaro anglashuv, hurmat va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur. Kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida qo‘shma ta’lim dasturlari va stajirovkalarni tashkil etish, faktcheking sohasidagi hamkorlik, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat tahririyatlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni mustahkamlash alohida o‘rin tutadi. Ishonchim komil, forum yangi g‘oyalar, amaliy tashabbuslar va qo‘shma medialoyihalarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi. — Сегодня в Ташкенте начал свою работу III Узбекско-российский медиафорум, организованный информационными агентствами УзА и ТАСС. В мероприятии принимают участие высокопоставленные представители Администраций Президентов двух стран, руководители ведущих средств массовой информации, журналисты, эксперты и представители медиасообщества Узбекистана и России. В своём выступлении на открытии форума отметил, что регулярный диалог Президентов Шавката Мирзиёева и Владимира Путина, основанный на взаимном доверии и дружбе, задаёт высокую динамику развитию многопланового сотрудничества наших стран, в том числе в сфере медиа и коммуникаций. За последние годы в информационном пространстве Узбекистана произошли масштабные преобразования. Сегодня 67 процентов средств массовой информации страны приходится на негосударственный сектор, уровень проникновения интернета достиг 94 процентов. Расширяются масштабы производства цифрового контента, запущен первый в Центральной Азии национальный медиабанк. Вместе с тем стремительное развитие искусственного интеллекта и цифровых технологий ставит перед профессиональным сообществом новые задачи. На первый план выходят достоверность информации, ответственность журналистов, противодействие фейкам и дезинформации. Информационные атаки и недостоверные сообщения не должны становиться причиной недоверия и разногласий между странами и народами. Напротив, слово и информация должны служить взаимопониманию, уважению и укреплению дружеских связей. В числе перспективных направлений дальнейшего взаимодействия – совместные образовательные программы и стажировки, сотрудничество в сфере фактчекинга, реализация проектов в области искусственного интеллекта и цифровых технологий, а также укрепление прямых профессиональных контактов между редакциями двух стран. Уверен, что форум станет важной площадкой для новых идей, практических инициатив и совместных медиапроектов. Facebook|Instagram|X
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
№14 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Bu safar viktorinamiz diplomatik protokolga bağişlanadi. 📝 5 ta savolga javob bering va diplomatik protokol böyiça bilimlaringizni sinab köring! Bilimingizni sinab körişga tayyormisiz? @TIVmatbuot
-
repost 


+3
Ostonada Aqaba jarayoni doirasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining uchrashuvi samarali va konstruktiv ruhda o‘tdi. «Chatham House» qoidasi asosida tashkil etilgan muloqotda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq yangi tahdidlar hamda ularga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunday xalqaro muloqot maydonlari dolzarb global masalalarni muhokama qilish bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish, xalqaro kun tartibidagi so‘nggi voqealarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyatdir. Shu ma’noda, Ostonadagi tadbir doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarova, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va Aqaba jarayoni moderatori, NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining sobiq o‘rinbosari Edrian Bredshou bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi. — Встреча лидеров Центральной Азии в рамках Акабского процесса в Астане прошла в содержательной и конструктивной атмосфере. В ходе дискуссий в формате «Чатем-хаус» участники рассмотрели вопросы международной и региональной безопасности, противодействия терроризму и экстремизму, новых угроз, связанных с развитием искусственного интеллекта, и укрепления совместных усилий по их преодолению. Вместе с тем подобные международные площадки предоставляют важную возможность для обмена мнениями о состоянии и перспективах двусторонних отношений, обсуждения последних событий международной повестки. Так, на полях мероприятия в Астане Президент Шавкат Мирзиёев провел встречи и беседы с Президентами Казахстана Касым-Жомартом Токаевым, Таджикистана Эмомали Рахмоном, Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым, а также Председателем Милли Меджлиса Азербайджана Сахибой Гафаровой, министром иностранных дел Кыргызстана Жээнбеком Кулубаевым и модератором Акабского процесса, бывшим заместителем Верховного главнокомандующего Объединенными вооруженными силами НАТО в Европе Эдрианом Брэдшоу. Facebook|Instagram|X
-
🇺🇿 “Jamoatçilik diplomatiyasi” yönalişi böyiça tanlov ğoliblari e’lon qilindi Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan 2026-yil uçun fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma doirasida e’lon qilingan oçiq tanlov yakunlari sarhisob qilindi. 🏆 Tanlov ğoliblari: 1) Navoiy viloyati Xotin-qizlar va yoşlar “Ziyokor” markazi; 2) Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasining Angren şahar hududiy bölinmasi (Toşkent viloyati); 3) “Barqaror rivojlaniş maqsadlari sohasidagi ijtimoiy taşabbuslar markazi” jamoat birlaşmasi (Navoiy viloyati); 4) Özbekiston Xalqaro huquq assotsiatsiyasi (Toşkent şahri); 5) “Mingtepa — madaniy meros” jamoat fondi (Andijon viloyati); 6) “MIRA” nodavlat notijorat taşkiloti (Navoiy viloyati). 👏 Tanlov ğoliblarini tabriklaymiz! Qöllab-quvvatlangan taşabbuslar jamoatçilik diplomatiyasini rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda Özbekistonning xorijdagi ijobiy imijini ilgari surişga xizmat qilişiga işonç bildiramiz. Şuningdek, tanlovda iştirok etgan barça taşkilotlarga faolligi, bildirilgan qiziqişi va ilgari surilgan ijtimoiy ahamiyatga ega taşabbuslari uçun minnatdorlik izhor etamiz. @TIVmatbuot
-
repost
Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga to‘xtaldi. Bugun yurtdoshlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy ishlab, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham to‘layapti. – Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga o‘tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur, – dedi Prezidentimiz. Joriy yil Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ko‘p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqbo‘yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi. Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi. Facebook|Instagram|X
-
repost
Yig‘ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon 1 million 116 ming kishi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida ishlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini o‘zlashtirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib ish taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanishi lozim. Shu maqsadda chet eldan qaytgan fuqarolarning ishlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi. Yil yakunigacha qaytgan 250 ming kishiga mos ish topish, tadbirkorlik qilishni istaganlarga esa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
-
repost
30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda “Yangi O‘zbekiston – global imkoniyatlar chorrahasi” forumi o‘tkaziladi. Prezidentimiz ushbu tadbir tadbirkorlar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini ochish, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Yevropa va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda. Har bir elchi o‘zi ishlayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb qilishi kerakligi qayd etildi. Forumda xorijlik hamkorlar bilan 2027-yil uchun eksport, turizm va migratsiya yo‘nalishlarida aniq kelishuvlarga erishish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari ish o‘rni topish bilan vazifa tugamasligini bildirdi. Elchilar hokimlar bilan birga fuqaroning ishga joylashishi va yangi muhitga ko‘nikishigacha bo‘lgan jarayon uchun mas’ul bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. – Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz – oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz! – dedi Prezidentimiz. Xorijda muammoga duch kelgan vatandoshlarimiz endi yordam so‘rab, “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elchining o‘zi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yechim topish bilan shug‘ullanadi. – Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak, – dedi Prezidentimiz. Hokimlar oldiga xorijda ishlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot kechirishi, farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Har bir vatandoshimiz qayerda bo‘lmasin, ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yashashi kerakligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
-
repost
Xorijdagi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi kerak. Prezidentimiz har bir buyurtma bo‘yicha qaysi mamlakatda qanday mutaxassisga talab borligi, qayerda o‘qish va qaysi tilni bilish zarurligini aniq ko‘rsatib berish vazifasini qo‘ydi. “Mahalla yettiligi” chet elda ishlash istagidagi fuqarolarga bu imkoniyatlarni tushuntirib, nomzodlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul tashkilotlar ularni kasb hamda tilga maqsadli tayyorlash, keyin esa ishga joylashtirish uchun javob beradi. Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari ikki marta migratsiyaga mas’ullar va “yettilik” ishtirokida ish natijalarini ko‘rib chiqadi. Har bir nomzodning tayyorgarligi va ishga joylashishi bo‘yicha talabchan nazorat o‘rnatiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini ochish uchun ish beruvchilar bilan kelishuvning o‘zi kifoya qilmaydi. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib borib, kvotalar, ishchi vizalar va malakani tan olish masalalarini izchil hal qilish kerak. Facebook|Instagram|X
-
repost
Xalqaro mehnat bozorida yirik rekruting kompaniyalari ish beruvchilar bilan malakali mutaxassislar o‘rtasida muhim bog‘lovchiga aylangan. Bunday kompaniyalar O‘zbekistonda ham mutaxassislarni o‘zlari tayyorlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirishi uchun sharoit yaratish zarur. Kelasi yil mamlakatimizda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi. Joriy yilda 34 ta davlatda 287 ming kishini ishga joylashtirish imkoniyati bor. Ammo bu imkoniyatlar haqida odamlar yetarlicha xabardor emas, Migratsiya agentligi bilan “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi aloqa ham samarali yo‘lga qo‘yilmagan. – Shu bois, mazkur tizimni ham o‘zgartiramiz. Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak! – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
-
repost
Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar ko‘paydi. Ushbu agentliklar orqali xorijda ishga joylashganlar esa besh karra ortdi. Prezidentimiz sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari ham bo‘lganini aytdi. Muammolarni bartaraf etish uchun alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asos yaratildi. Kelasi yildan fuqarolarni chet elga ishga yuborish vazifasi xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkaziladi. Yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir kishi uchun agentlikka 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, o‘quv jarayoni uchun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi. Shu bilan birga, xususiy bandlik agentliklari to‘liq shaffof tizimda ishlaydi, ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq ishga joylashishi, huquqlari ta’minlanishi, yuqori daromad olishi va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lishi asosiy mezon bo‘ladi. Prezidentimiz bir oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qaror loyihasini kiritish, ushbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida ko‘rib, soliqqa tortishni shunga mos ravishda soddalashtirishga topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X
-
“Çet elda işlayotgan yurtdoşlarimiz haqiqiy mard insonlardir!” – Şavkat Mirziyoyev Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz haqida gapirib, ularning har biri davlat himoyasida bölişi şartligini qatʼiy taʼkidladi. “Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda işlaşidan qatʼi nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qiliş – davlatning doimiy burçi va vazifasi”, – dedi davlat rahbari. @TIVmatbuot
- Older posts