🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K tracking since 13 Nov
Reach per post (ERR) 17.5%913 avg views
Posting 2.8/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 12.1 👍 👏 🔥
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Xorijdagi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi kerak. Prezidentimiz har bir buyurtma bo‘yicha qaysi mamlakatda qanday mutaxassisga talab borligi, qayerda o‘qish va qaysi tilni bilish zarurligini aniq ko‘rsatib berish vazifasini qo‘ydi. “Mahalla yettiligi” chet elda ishlash istagidagi fuqarolarga bu imkoniyatlarni tushuntirib, nomzodlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul tashkilotlar ularni kasb hamda tilga maqsadli tayyorlash, keyin esa ishga joylashtirish uchun javob beradi. Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari ikki marta migratsiyaga mas’ullar va “yettilik” ishtirokida ish natijalarini ko‘rib chiqadi. Har bir nomzodning tayyorgarligi va ishga joylashishi bo‘yicha talabchan nazorat o‘rnatiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini ochish uchun ish beruvchilar bilan kelishuvning o‘zi kifoya qilmaydi. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib borib, kvotalar, ishchi vizalar va malakani tan olish masalalarini izchil hal qilish kerak. Facebook|Instagram|X

Views over time

01002003004002 Nov 08:2313 Nov 01:113352 Nov 08:23: 0 views13 Nov 01:11: 335 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
2 Nov 2026, 08:230
13 Nov 2026, 01:11335

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.