🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K tracking since 13 Nov
Reach per post (ERR) 17.5%913 avg views
Posting 2.8/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 12.1 👍 👏 🔥
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga to‘xtaldi. Bugun yurtdoshlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy ishlab, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham to‘layapti. – Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga o‘tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur, – dedi Prezidentimiz. Joriy yil Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ko‘p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqbo‘yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi. Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Views over time

02505007501K2 Nov 08:3113 Nov 01:118582 Nov 08:31: 0 views13 Nov 01:11: 858 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
2 Nov 2026, 08:310
13 Nov 2026, 01:11858

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.