🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K tracking since 13 Nov
Reach per post (ERR) 17.5%913 avg views
Posting 2.8/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 12.1 👍 👏 🔥
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Yig‘ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon 1 million 116 ming kishi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida ishlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini o‘zlashtirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib ish taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanishi lozim. Shu maqsadda chet eldan qaytgan fuqarolarning ishlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi. Yil yakunigacha qaytgan 250 ming kishiga mos ish topish, tadbirkorlik qilishni istaganlarga esa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

Views over time

02004006002 Nov 08:2313 Nov 01:116252 Nov 08:23: 0 views13 Nov 01:11: 625 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
2 Nov 2026, 08:230
13 Nov 2026, 01:11625

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.