🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 8 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
  1. repost

    Qurilish, sanoat va logistikada malakali kadrlarga talab mamlakatimizda ham, chet elda ham ortib bormoqda. Sergelidagi “Toshkent quvur zavodi” o‘z ustalarini jalb etib, yiliga 2,5 ming payvandchi, elektrik va chilangar tayyorlash tashabbusini bildirgan. Har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga berish, ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar ish joyida darhol faoliyat boshlay oladigan mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar 15 yilga boshqaruvga beriladi, bitiruvchilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etiladi. Tadbirkorlarning kadr tayyorlash va uskuna xarid qilishga sarflagan mablag‘larini to‘langan soliqlardan chegirish, chet elda yaxshi ishga joylashgan har bir bitiruvchi uchun grant ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Texnikumlar xorijlik ish beruvchilar bilan bog‘lanadi. – Men ishonaman: chempion tadbirkorlarimiz chet elda “o‘zbek mutaxassislari brendi”ni yaratishda ham davlatga ko‘makchi bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  2. repost

    Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga “Intil” xalqaro o‘quv markazi tajribasini o‘rganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini ochish topshirildi. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard so‘mdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kishini kasb va nemis tiliga o‘rgatib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi. – Yoshlarga ingliz tilini qanday o‘rgatayotgan bo‘lsak, nemis tili bo‘yicha ham shunday yondashuv kerak, – dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini kelasi o‘quv yilidan ikki karra oshirish topshirildi. Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari o‘zlariga zarur mutaxassislarni O‘zbekiston texnikumlarida tayyorlashga qiziqish bildirmoqda. Ular o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarini jihozlashga sarmoya kiritishga ham tayyor. Prezidentimiz bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik ish beruvchilar talabi asosida kadr tayyorlashga moslashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Germaniyadan joriy yilning o‘zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asosiy sabab – nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi. Shu bois, kasbga o‘qitish bilan til tayyorgarligini birga olib borish zarur. Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik o‘qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda. Prezidentimiz xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan bog‘lash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy ko‘nikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini ta’kidladi. Andijonda tadbirkor bo‘sh turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan o‘qituvchi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezidentimiz bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘rgatish zarurligini ta’kidladi. Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshladi. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

  4. repost

    Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezidentimiz bu imkoniyatlardan foydalanishda elchi, hokim va texnikumlarning o‘rni sezilmayotganini qayd etdi. Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgacha ushbu mamlakatga asosan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida ish beruvchilar bilan aniq kelishuvlar yo‘qligi, “Yoshlar mobilligi” dasturida ishtirok etish masalasi hal etilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuv bor, lekin bu imkoniyat ishga solinmayapti. Prezidentimiz chet tillarini bilish xorijda yuqori daromadli ish topishning asosiy shartlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta o‘rganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yosh bor. Shu bilan birga, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Daniyada ularning ishlashi uchun yo‘l ochish bo‘yicha ishlar yetarli emas. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    Ayni paytda hududlar o‘rtasida farq katta. Xorijda ishlayotgan bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik pul o‘tkazmasi Farg‘onada 1 850 dollar bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda 700 dollarga ham yetmayapti. Hokimlar, elchilar va texnikum rahbarlari odamlarni yuqori daromadli ishlarga tayyorlash bo‘yicha o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. – Aslida, inson qayerda ishlashi, qancha maosh olishi, huquqini kim himoya qilishini bilib borishi kerak! – dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari xorijdagi mehnat bozorlariga chiqishda elchilar, hokimlar va texnikumlar hamjihat ishlashi zarurligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topib, ularni texnikumlar bilan bog‘lash va yurtdoshlarimizni ishga joylashtirish bo‘yicha ijobiy misollar bor. Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilarimiz bu masalada sust ekani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

  6. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari jahon mehnat bozori o‘zgarayotganiga e’tibor qaratdi. Bugun dunyoda 168 million kishi xorijiy migratsiyada. Mamlakatimizda ham chet elda ishlash istagidagi fuqarolar bor, boshqa davlatlarda esa ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori. Ushbu ikki imkoniyatni o‘zaro bog‘lash soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldida turgan asosiy vazifa ekani qayd etildi. – Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin! – dedi Prezidentimiz. So‘nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilgari bu yo‘nalishda 3 ta davlat bilan ish olib borilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik ish beruvchilar qariyb 400 taga ko‘paydi. Chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz soni o‘n yilda ikki baravar kamaygan bo‘lsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablag‘lari to‘rt karra oshdi. Bu, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqaro mehnat bozorida o‘zbek mutaxassislariga munosabat o‘zgarib, odamlarimiz chetga oddiy ishchi emas, malakali kadr sifatida borayotganini ko‘rsatadi. Facebook|Instagram|X

  7. repost

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishadi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с деятельностью международного центра обучения языкам и профессиям «Intil» в Учтепинском районе столицы, а также проведет совещание по приоритетным задачам в сфере трудовой миграции. Facebook|Instagram|X

  8. №13 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Bu safar viktorinamiz diplomatik protokolga bağişlanadi. 📝 5 ta savolga javob bering va diplomatik protokol böyiça bilimlaringizni sinab köring! Bilimingizni sinab körişga tayyormisiz? @TIVmatbuot

  9. repost

    Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на саммите Организации тюркских государств в Анкаре: 📌Узбекистан рассматривает ОТГ, которая превращается во влиятельный центр глобального развития, как площадку взаимного доверия и практического партнерства; 📌Необходимо еще теснее сплотиться вокруг стратегических целей и совместно продвигать общие интересы на международной арене. Страны ОТГ едины на этом благородном пути и готовы мобилизовать силы во имя тюркской солидарности; 📌Важно проводить регулярные политические консультации по актуальным международным и региональным вопросам в рамках ОТГ, а также координировать подходы и усилия; 📌Предложено начать сотрудничество с третьими странами в формате «Организация тюркских государств плюс» со встреч отраслевых министров; 📌Необходимо углублять технологическое сотрудничество и развивать промышленную кооперацию, позволяющую совместно выходить на мировой рынок; 📌Предложено принять Программу «Тюркский мир – 100», охватывающую сто стратегических совместных инвестиционных и промышленных проектов; 📌Целесообразно уделить приоритетное внимание полной переработке редких и стратегических минералов, локализации производства оборудования для «зелёной» энергетики и выпуску высокодоходной продукции; 📌Необходимо разработать многосторонний Договор «О взаимной правовой помощи по коммерческим делам»; 📌Предложено создать сеть логистических комплексов тюркских государств и обеспечить совместное управление ею; 📌Озвучена инициатива о создании «Тюркского туристического альянса», чтобы совместно представлять миру исторические города, уникальную природу, богатую культуру и традиции гостеприимства тюркских народов; 📌Предложено разработать многостороннее Соглашение о взаимных поездках граждан, в котором должны быть отражены вопросы расширения возможностей поездок по ID-картам, упрощения порядка пересечения границ и пребывания на территории принимающего государства; 📌Узбекистан готов ежегодно выделять 200 образовательных грантов представителям тюркских государств в рамках учрежденной программы стипендий «Янги Ўзбекистон»; 📌Выражена благодарность за поддержку инициативы Узбекистана об объявлении в рамках Организации 2027 года – Годом охраны природы, а также кандидатуры представителя Узбекистана на должность Генерального секретаря; 📌«Анкарский саммит станет важным шагом к достижению нашей благородной цели, воплощению идеи солидарности и реализации масштабных планов»; 📌«У нас схожие мечты, надежды и устремления. Когда мы едины – становимся ещё сильнее. Если будем сплочёнными – обязательно достигнем самых высоких рубежей». Facebook|Instagram|X

  10. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘zbekiston ta’sirchan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar tashkilotini o‘zaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida ko‘radi; 📌Strategik maqsadlar atrofida yanada jipslashib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari surish lozim. TDT mamlakatlari ushbu ezgu yo‘lda yakdil va kuch-g‘ayratini turkiy birdamlik uchun safarbar etishga tayyor; 📌Tashkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar o‘tkazish, yondashuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim; 📌Uchinchi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar tashkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uchrashuvlaridan boshlash taklif etildi; 📌Texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish, jahon bozoriga birgalikda chiqish imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish zarur; 📌“Turkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qilish taklif etildi; 📌Nodir va strategik minerallarni to‘liq qayta ishlash, “yashil” energetika uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq; 📌“Tijorat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi ko‘p tomonlama shartnomani ishlab chiqish lozim; 📌“Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmog‘i”ni tashkil etish va uni birgalikda boshqarish taklifi bildirildi; 📌Turkiy xalqlarning tarixiy shaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondo‘stlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etish maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni tashkil qilish tashabbusi ilgari surildi; 📌Fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni ishlab chiqish taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, chegaradan o‘tish va mezbon davlat hududida bo‘lish tartibini soddalashtirish masalalari aks etishi lozim; 📌Mamlakatimiz “Yangi O‘zbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratishga tayyor; 📌2027-yilni tashkilot doirasida “Tabiatni asrash yili” deb e’lon qilish bo‘yicha tashabbus hamda O‘zbekiston vakilining nomzodi Bosh kotib lavozimiga qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi; 📌"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik g‘oyamiz va ulug‘vor rejalarimizga erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi"; 📌“Barchamizning orzu-istaklarimiz va intilishlarimiz mushtarak. Biz bir bo‘lsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bo‘lsak, yanada yuksak marralarga albatta erishamiz”. Facebook|Instagram|X

  11. viral

    “Özbekistonda sizlarni intiqlik bilan kutyapmiz” – Prezident Anqarada vatandoşlar bilan uçraşdi Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiyada yaşayotgan va tahsil olayotgan vatandoşlar bilan uçraşib, ularni ilm oliş, örganiş va orttirgan bilim-tajribasi bilan Özbekiston kelajagiga hissa qöşişga çaqirdi. “Qayerda bölsalaring ham, baribir ilmga, örganişga intilinglar. Jonajon Vatanimiz, buyuk Özbekistonimizning kelajagiga hissangizni, albatta, qöşasizlar. Qaçon tezroq qaytib borasizlar? Şaroit bölsa, yangi-yangi uylar bölsa – hammasini qilyapmiz. Özbekistonda sizlarni har safar intiqlik bilan kutyapmiz”, – dedi davlat rahbari. @TIVmatbuot

  12. Older posts