Xalqaro mehnat bozorida yirik rekruting kompaniyalari ish beruvchilar bilan malakali mutaxassislar o‘rtasida muhim bog‘lovchiga aylangan. Bunday kompaniyalar O‘zbekistonda ham mutaxassislarni o‘zlari tayyorlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirishi uchun sharoit yaratish zarur. Kelasi yil mamlakatimizda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi. Joriy yilda 34 ta davlatda 287 ming kishini ishga joylashtirish imkoniyati bor. Ammo bu imkoniyatlar haqida odamlar yetarlicha xabardor emas, Migratsiya agentligi bilan “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi aloqa ham samarali yo‘lga qo‘yilmagan. – Shu bois, mazkur tizimni ham o‘zgartiramiz. Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak! – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X