Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.net/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.me/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050
Subscribers12.1K +0 24h
Reach per post (ERR)62.4%7.5K avg views
Posting2.7/daylast 1 day ago
Reactions per 1K views1.3❤ 👍 👏
repost
Qarshi MTU filialida kuzgi ko'rik davom etmoqda
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayevning 2026-yil 3-sentabrdagi 411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi stansiyasi, Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiali hamda Qarshi elektr ta'minoti masofasi filialida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Filial boshlig‘i M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
➖temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
➖ strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
➖ sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
➖ temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
➖ signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
➖ yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
➖ kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
repost
Qoʻqon MTU filialida Kuzgi koʻrik tekshiruvi boshlandi
14-sentabr kuni Qo’qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida kuzgi mavsumga oldidan tayyorgarlik ishlari boshlandi. Qo’qon MTU filiali boshlig’i B.P.Milladjanov boshchiligida kuzgi koʻrik Qoʻqon-Andijon-1 yoʻnalishidagi stansiyalarida o‘tkazilib, unda xo‘jaliklar, korxonalar va stansiyalar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Ko‘rik davomida temir yo‘l tizimining barcha yo‘nalishlari sinchiklab ko‘rib chiqilmoqda.
Jumladan:
- Xodimlarning mehnat intizomi;
- Inshoot va texnik qurilmalarning sozligi;
- Ish jarayonlarining sifat darajasi;
- Mehnat muhofazasi va xavfsizlik choralariga amal qilinishi;
- Harakat xavfsizligi bilan bog‘liq texnik vositalarning samaradorligi.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Mazkur kuzgi tayyorgarlik ishlari poyezdlar harakatini xavfsiz va uzluksiz tashkil etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
repost
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
❗Maqolada qayd etilganidek–
🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".
Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.
Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".
Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.
🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.
Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
repost
⏺⏺⏺⏺⏺
“TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ BOSHQARUV RAISI KUBOGI – 2026
Futbol musobaqasining FINAL bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisining 2026-yil 23-iyundagi 570-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyat tarkibidagi xodimlar o‘rtasida 2026-yil 12-sentyabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisi kubogi – 2026 futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Mazkur musobaqa jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, o‘zaro hurmati hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini yorqin namoyon etdilar.
Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Final bosqichida quyidagi jamoalar g‘oliblikni va sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin — Qo‘ng‘irot MTU filiali jamoasi
🥈 2-o‘rin — Buxoro MTU filiali jamoasi
🥉 3-o‘rin — Toshkent MTU filiali jamoasi
🏆 Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni hamda barcha ishtirokchilarni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍
🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram
repost
QARSHI–MUBORAK TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayevning 2026-yil 3-sentabrdagi 411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi–Muborak temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Filial boshlig‘i M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
➖temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
➖ strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
➖ sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
➖ temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
➖ signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
➖ yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
➖ kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития районов города Ташкента, увеличения инвестиций и повышения занятости, а также создания современной инфраструктуры в махаллях.
#Mirziyoyev #videoselektor #Toshkent #Olmazor
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
repost
QARSHI–GUMBAZ TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayevning 2026-yil 3-sentabrdagi 411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi–Gumbaz temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Filial boshlig‘i M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
➖temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
➖ strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
➖ sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
➖ temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
➖ signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
➖ yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
➖ kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
repost
“Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari temir yo‘l mutaxassislari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazilmoqda
Xitoyning Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti Uzluksiz ta’lim instituti tomonidan “Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari davlat temir yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va moddiy resurslarni boshqarish bo‘yicha malaka oshirish seminari tashkil etildi.
📍 8-sentabr kuni Janubi-g‘arbiy Jiaotong universitetining Jiuli kampusida seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ozarbayjon, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Tanzaniya, Uganda va Iordaniya kabi 6 ta davlatdan temir yo‘l sohasi vakillari — jami 34 nafar mansabdor xodim va boshqaruv mutaxassisi ishtirok etmoqda.
🎯 Seminar doirasida
Ishtirokchilar:
🔹 Xitoy temir yo‘l tizimining rivojlanish tajribasi bilan tanishadi;
🔹 temir yo‘l ekspluatatsiyasining zamonaviy yondashuvlarini o‘rganadi;
🔹 moddiy-texnik resurslarni samarali boshqarish tajribasini o‘zlashtiradi;
🔹 transportni rejalashtirish va texnik standartlar bilan tanishadi;
🔹 temir yo‘l sohasi uchun kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganadi;
🔹 xorijiy temir yo‘l mutaxassislari bilan professional aloqalarni rivojlantiradi.
Shuningdek, seminar turli mamlakatlar temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasidagi uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
📅 Seminar 2026-yil 21-sentabrga qadar davom etadi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍
🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram
repost
“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida ilk tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi!
Bugun, 10-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan xarid qilingan zamonaviy “CRRC-Dalian” tezyurar elektropoyezdi ilk bor “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida o‘z qatnovini boshladi.
Mazkur zamonaviy poyezd vodiyimiz sari yo‘l olar ekan, Qo‘qon temir yo‘l vokzalida uni tantanali ravishda kutib olindi.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu qulay va tezkor xizmatdan foydalanishga taklif qilamiz!
repost
“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
2026-yil 9-sentyabr kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida Smart depo loyihasini o‘rganish va takomillashtirish, shuningdek, mashinistning elektron marshrut tizimini ko‘zdan kechirish maqsadida Boshqaruv raisining Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi A.B. Maxmudov, Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i B.E. Usmanov, Axborot hisoblash markazi boshlig‘i T.K. Ubaydullayev, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Z.A. Anvarov hamda “DAS UTY” MChJ bosh direktori B.M. Begaliyev tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolariga korxonada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan depo boshlig‘i O.M. Maxsumov tanishtirib o‘tdi.
Yakunda dasturlar va raqamlashtirish ishlari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan yangilik va qo‘shimchalar o‘zaro muhokama qilindi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍
🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram
repost
TEMIR YO‘L OSTIDAN TONNELLAR QURISH DAVOM ETMOQDA.
Aholining temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tishini, shuningdek, poyezdlar harakatlanadigan uchastkalarda xavfsizlikni yanada oshirish maqsadida temir yo‘l ostidan temir-beton ⭐️⭐️tonnellar qurish ishlari davom etmoqda.
Joriy yil 8-sentyabr kuni “Toshkent MTU” filialiga qarashli 🌍To‘qimachi–Sergeli temir yo‘l stansiyalari oralig'i 5-km 9-PKda temir yo‘l ostidan temir-beton tonneli qurish ishlari amalga oshirildi.
Qurilish ishlarini xavfsiz tashkil etish uchun “okno” berildi. Ushbu jarayonda mehnat muhofazasiga rioya etilishi, qurilish ishlarining sifati hamda ish yakunida temir yo‘l infratuzilmasini poyezdlar harakati uchun tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Filial rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi.
Mazkur loyiha, temir yo‘lni kesib o‘tishda xavfsiz sharoit yaratish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
repost
QARSHI–KITOB TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayevning 2026-yil 3-sentabrdagi 411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi–Kitob temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Filial boshlig‘i M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
➖temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
➖ strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
➖ sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
➖ temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
➖ signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
➖ yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
➖ kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
repost
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI
Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P.Milladjanov navbatdagi "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan Oltiariq vagonlarni bug‘lab yuvish korxonasida bo‘lib, u yerdagi ish jarayonlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi.
Tekshiruv davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
- Vagonlarni tozalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etilishi nazorat qilindi.
- Korxonaning bug‘lash va yuvish sexlari faoliyati, uskunalar va texnologik jarayonlarning sozligi o‘rganildi.
- Ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ularning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilishi ko‘zdan kechirildi.
Filial boshlig‘i harakat xavfsizligi har qanday temir yo‘l korxonasining ustuvor vazifasi ekanligini ta'kidlab, har bir xodim o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi lozimligini eslatdi.
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.
#Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
repost
POYEZDLARNING TEZ, XAVFSIZ VA RAVON YURISHINI TAʼMINLANMOQDA
Joriy yil 8-sentabr kuni “Toshkent MTU” filialiga qarashli 🌍To‘qimachi temir yo‘l stansiyasidagi 13a-sonli strelkali o‘tkazgichni temir beton bruslari bilan ko‘chirib o‘rnatish, almashtirish, og‘ir turdagi texnikalardan foydalangan holda temir yo‘lda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bu jarayon, 203-tajriba yo‘l mashina stansiyasi,Toshkent temir yo‘l masofasi, elektr taʼminoti, signallashtirish va aloqa korxonalarining tajribali mutaxassislari tomonidan bajarildi. Bu taʼmirlash ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad, poyezdlarning tezligini oshirish, xavfsiz va ravon yurishini taʼminlashdan iboratdir.
Poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash, rahbarlar va xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishi hamda “okno” uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, “Toshkent MTU” filiali rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram
repost
XAVFSIZ HUDUD PROFILAKTIK TARGʻIBOT TADBIRI
Joriy yilning 9-sentyabr kuni temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan mahallalarda Xavfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofasi filiali temir yoʻl kesishmalari ustasi Sh.Y.Ishkabilov va filialning Ijtimoiy xodimi O.P.Xaitmurotovlar tomonidan Termiz tuman “NURLI DIYOR” MFY da yashovchi fuqarolarga hamda Termiz tuman 5-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchilariga “DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mahallada yashovchi fuqarolarga hamda maktab oʻquvchilariga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
repost
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA
Bugun, 9-sentyabr kuni o‘tkazilgan “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N-sonli “Harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida G‘alaba stansiyasida nazorat ko‘rigi o‘tkazdi.
Stansiyada mas’ul rahbarlar ishtirokida tasdiqlangan jadvalga asosan o‘tkazilayotgan “Komission oylik ko‘rigi” (KMO) da filial rahbari ham ishtirok etib, har bir xo‘jalik kesimida sinchiklab ko‘rib chiqilishi bu esa harakat xavfsizligi uchun katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
Ko‘rik davomida stansiyada ekspluatatsion ishlarni yaxshilash borasida mavjud muammolar o‘rganilib yechimi yuzasidan mas’ul rahbarlarga joyida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib nazoratga olindi.
Shundan so‘ng G‘alaba stansiyasining ko‘rik parkida Uzel rahbarining taklifiga asosan mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda yana bitta qo‘shimcha yo‘l qo‘yish ishlarini ko‘zdan kechirib, ishlarni jadallashtirish borasida xo‘jaliklar kesimida topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Ushbu qo‘shimcha yo‘lning ishga tushirilishi istiqboldagi rejalarni amalga oshirish, yuklar oqimining ortishi sharoitida poyezdlar harakatining uzluksizligini ta’minlash hamda stansiyaning ekspluatatsion imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
repost
✅ “Gibrid auksion” va 1 million so‘mlik boshlang‘ich narx: davlat aktivlari bozorida katta o‘zgarishlar boshlanmoqda
Auksionga chiqqan mulk nega yillab sotilmay turadi? Chunki narx qat’iy, byurokratiya esa og‘ir edi shu paytgacha. Endi bu sun’iy to‘siqlar olib tashlanadi, davlat aktivlari bozoriga haqiqiy bozor munosabatlari kirib kelmoqda. Bu boradagi asosiy o‘zgarishlar:
🔷Byurokratiya va kutish muddatlari 2 barobar qisqaradi: Auksion savdosi haqidagi e’lon muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga tushirildi.
🔷Sotilmagan mulkning narxi tushiriladi: Agar davlat aktivi ochiq savdoda 3 oy sotilmay tursa, uning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi.
🔷“Gibrid auksion”: Sotilmayotgan mulklar bo‘yicha savdo avval pasayish tartibida ketadi, xaridor taklif bergan zahoti savdo o‘sha narxdan yuqoriga qarab davom etadi.
🔷Boshlang‘ich narxi 1 million so‘m bo‘lgan lotlar: Uzoq vaqt xaridor topilmagan ayrim obyektlar iqtisodiy aylanmaga qaytarilishi uchun ramziy 1 million so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi.
➡️ 2026 yilgi reja: Umumiy qiymati qariyb 100 trillion so‘mlik 1 242 ta ko‘chmas mulk, 84 ta korxonadagi davlat ulushi hamda 8 ming gektar yer uchastkasi xususiy sektorga taklif etiladi.
Joriy etilayotgan bu o‘zgarishlardan maqsad davlat mulkini shunchaki sotib yuborish emas, balki sun’iy baholangan va foydalanilmay yotgan resurslarni moslashuvchan mexanizmlar orqali real bozor ishtirokchilari ixtiyoriga qaytarishdir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
“Temir yo‘l orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini
rasmiylashtirish” davlat xizmati joriy etiladi
Hukumatning 2026-yil 5-avgustdagi 433-son qarori bilan temir yo‘l orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab yuk tashish buyurtmanomalarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP ‒ my.gov.uz) orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Arizalar YIDXP orqali 24 soat davomida yuborilishi mumkin bo‘lib, dam olish va bayram kunlarida kelib tushgan arizalar keyingi ish kuni qabul qilingan hisoblanadi.
Xizmat uchun alohida davlat yig‘imi undirilmaydi, temir yo‘l transporti xizmatlari uchun to‘lovlar faqat amaldagi tariflar asosida amalga oshiriladi. Ariza topshirish chog‘ida so‘rovnomada yuk turi, vagon ma’lumotlari, jo‘natish hamda yetkazib berish stansiyalari, yuk hajmi va vagonlar soni aniq ko‘rsatilishi, shuningdek vagon operatori bilan tuzilgan amaldagi shartnomaning elektron nusxasi ilova qilinishi shart.
Kelib tushgan so‘rovnomalar vakolatli organ tomonidan 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Agar hujjatlarda biron-bir kamchilik aniqlansa, ularni to‘g‘rilash va bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qo‘shimcha 5 ish kuni beriladi.
Ayrim holatlarda davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilishi mumkin. Bunga belgilangan yo‘nalishda yuk ortish taqiqlangani, vagon tegishliligining noto‘g‘ri ko‘rsatilgani, operator bilan shartnoma mavjud emasligi, yuk tashish uchun texnik imkoniyatlar yetishmasligi yoki temir yo‘l xizmatlaridan qarzdorlik borligi sabab bo‘lishi mumkin.
Ijobiy hal etilib rasmiylashtirilgan buyurtmanoma unda ko‘rsatilgan prognoz sanadan kelib chiqib, joriy kalendar oy yoki keyingi kalendar oy mobaynida amal qiladi. Agar belgilangan muddatda yuk tashish amalga oshirilmasa, buyurtmanoma o‘z kuchini yo‘qotadi va yangidan rasmiylashtiriladi.
Xizmat yakuni bo‘yicha tayyorlangan natija ariza beruvchining elektron pochtasiga yo‘llanadi va maxsus axborot tizimi orqali xabar qilinadi. YIDXP orqali qilingan murojaatlarga javoblar to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda taqdim etiladi.
Shuningdek, xizmatni ko‘rsatish rad etilgan taqdirda yoki mas’ul xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari kuzatilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqi saqlanib qoladi. Mazkur qaror rasman 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
repost
Davlat rahbarlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar.
—
Главы государств приняли участие в совместном бизнес-форуме.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X