✅ “Gibrid auksion” va 1 million so‘mlik boshlang‘ich narx: davlat aktivlari bozorida katta o‘zgarishlar boshlanmoqda Auksionga chiqqan mulk nega yillab sotilmay turadi? Chunki narx qat’iy, byurokratiya esa og‘ir edi shu paytgacha. Endi bu sun’iy to‘siqlar olib tashlanadi, davlat aktivlari bozoriga haqiqiy bozor munosabatlari kirib kelmoqda. Bu boradagi asosiy o‘zgarishlar: 🔷Byurokratiya va kutish muddatlari 2 barobar qisqaradi: Auksion savdosi haqidagi e’lon muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga tushirildi. 🔷Sotilmagan mulkning narxi tushiriladi: Agar davlat aktivi ochiq savdoda 3 oy sotilmay tursa, uning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi. 🔷“Gibrid auksion”: Sotilmayotgan mulklar bo‘yicha savdo avval pasayish tartibida ketadi, xaridor taklif bergan zahoti savdo o‘sha narxdan yuqoriga qarab davom etadi. 🔷Boshlang‘ich narxi 1 million so‘m bo‘lgan lotlar: Uzoq vaqt xaridor topilmagan ayrim obyektlar iqtisodiy aylanmaga qaytarilishi uchun ramziy 1 million so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi. ➡️ 2026 yilgi reja: Umumiy qiymati qariyb 100 trillion so‘mlik 1 242 ta ko‘chmas mulk, 84 ta korxonadagi davlat ulushi hamda 8 ming gektar yer uchastkasi xususiy sektorga taklif etiladi. Joriy etilayotgan bu o‘zgarishlardan maqsad davlat mulkini shunchaki sotib yuborish emas, balki sun’iy baholangan va foydalanilmay yotgan resurslarni moslashuvchan mexanizmlar orqali real bozor ishtirokchilari ixtiyoriga qaytarishdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official