"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from “Temiryölinfratuzilma” AJ Rasmiy kanali

“Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari temir yo‘l mutaxassislari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazilmoqda Xitoyning Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti Uzluksiz ta’lim instituti tomonidan “Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari davlat temir yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va moddiy resurslarni boshqarish bo‘yicha malaka oshirish seminari tashkil etildi. 📍 8-sentabr kuni Janubi-g‘arbiy Jiaotong universitetining Jiuli kampusida seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Tanzaniya, Uganda va Iordaniya kabi 6 ta davlatdan temir yo‘l sohasi vakillari — jami 34 nafar mansabdor xodim va boshqaruv mutaxassisi ishtirok etmoqda. 🎯 Seminar doirasida Ishtirokchilar: 🔹 Xitoy temir yo‘l tizimining rivojlanish tajribasi bilan tanishadi; 🔹 temir yo‘l ekspluatatsiyasining zamonaviy yondashuvlarini o‘rganadi; 🔹 moddiy-texnik resurslarni samarali boshqarish tajribasini o‘zlashtiradi; 🔹 transportni rejalashtirish va texnik standartlar bilan tanishadi; 🔹 temir yo‘l sohasi uchun kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganadi; 🔹 xorijiy temir yo‘l mutaxassislari bilan professional aloqalarni rivojlantiradi. Shuningdek, seminar turli mamlakatlar temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasidagi uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. 📅 Seminar 2026-yil 21-sentabrga qadar davom etadi. “Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

Views over time

01K2K3K10 Sep 12:2212 Nov 18:563.1K10 Sep 12:22: 0 views12 Nov 18:56: 3,060 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
10 Sep 2026, 12:220
12 Nov 2026, 18:563.1K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.