Qoʻqon MTU filialida Kuzgi koʻrik tekshiruvi boshlandi 14-sentabr kuni Qo’qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida kuzgi mavsumga oldidan tayyorgarlik ishlari boshlandi. Qo’qon MTU filiali boshlig’i B.P.Milladjanov boshchiligida kuzgi koʻrik Qoʻqon-Andijon-1 yoʻnalishidagi stansiyalarida o‘tkazilib, unda xo‘jaliklar, korxonalar va stansiyalar rahbarlari ishtirok etmoqda. Ko‘rik davomida temir yo‘l tizimining barcha yo‘nalishlari sinchiklab ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan: - Xodimlarning mehnat intizomi; - Inshoot va texnik qurilmalarning sozligi; - Ish jarayonlarining sifat darajasi; - Mehnat muhofazasi va xavfsizlik choralariga amal qilinishi; - Harakat xavfsizligi bilan bog‘liq texnik vositalarning samaradorligi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Mazkur kuzgi tayyorgarlik ishlari poyezdlar harakatini xavfsiz va uzluksiz tashkil etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.