"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from “Temiryölinfratuzilma” AJ Rasmiy kanali

“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI 2026-yil 9-sentyabr kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida Smart depo loyihasini o‘rganish va takomillashtirish, shuningdek, mashinistning elektron marshrut tizimini ko‘zdan kechirish maqsadida Boshqaruv raisining Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi A.B. Maxmudov, Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i B.E. Usmanov, Axborot hisoblash markazi boshlig‘i T.K. Ubaydullayev, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Z.A. Anvarov hamda “DAS UTY” MChJ bosh direktori B.M. Begaliyev tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolariga korxonada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan depo boshlig‘i O.M. Maxsumov tanishtirib o‘tdi. Yakunda dasturlar va raqamlashtirish ishlari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan yangilik va qo‘shimchalar o‘zaro muhokama qilindi. “Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

Views over time

01K2K3K10 Sep 03:5412 Nov 18:563K10 Sep 03:54: 0 views12 Nov 18:56: 2,960 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
10 Sep 2026, 03:540
12 Nov 2026, 18:563K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.