"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from "TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA Bugun, 9-sentyabr kuni o‘tkazilgan “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N-sonli “Harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida G‘alaba stansiyasida nazorat ko‘rigi o‘tkazdi. Stansiyada mas’ul rahbarlar ishtirokida tasdiqlangan jadvalga asosan o‘tkazilayotgan “Komission oylik ko‘rigi” (KMO) da filial rahbari ham ishtirok etib, har bir xo‘jalik kesimida sinchiklab ko‘rib chiqilishi bu esa harakat xavfsizligi uchun katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. Ko‘rik davomida stansiyada ekspluatatsion ishlarni yaxshilash borasida mavjud muammolar o‘rganilib yechimi yuzasidan mas’ul rahbarlarga joyida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib nazoratga olindi. Shundan so‘ng G‘alaba stansiyasining ko‘rik parkida Uzel rahbarining taklifiga asosan mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda yana bitta qo‘shimcha yo‘l qo‘yish ishlarini ko‘zdan kechirib, ishlarni jadallashtirish borasida xo‘jaliklar kesimida topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Ushbu qo‘shimcha yo‘lning ishga tushirilishi istiqboldagi rejalarni amalga oshirish, yuklar oqimining ortishi sharoitida poyezdlar harakatining uzluksizligini ta’minlash hamda stansiyaning ekspluatatsion imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Views over time

01K2K3K9 Sep 08:3112 Nov 18:562.7K9 Sep 08:31: 0 views12 Nov 18:56: 2,710 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
9 Sep 2026, 08:310
12 Nov 2026, 18:562.7K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.