TEMIR YO‘L OSTIDAN TONNELLAR QURISH DAVOM ETMOQDA. Aholining temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tishini, shuningdek, poyezdlar harakatlanadigan uchastkalarda xavfsizlikni yanada oshirish maqsadida temir yo‘l ostidan temir-beton ⭐️⭐️tonnellar qurish ishlari davom etmoqda. Joriy yil 8-sentyabr kuni “Toshkent MTU” filialiga qarashli 🌍To‘qimachi–Sergeli temir yo‘l stansiyalari oralig'i 5-km 9-PKda temir yo‘l ostidan temir-beton tonneli qurish ishlari amalga oshirildi. Qurilish ishlarini xavfsiz tashkil etish uchun “okno” berildi. Ushbu jarayonda mehnat muhofazasiga rioya etilishi, qurilish ishlarining sifati hamda ish yakunida temir yo‘l infratuzilmasini poyezdlar harakati uchun tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Filial rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi. Mazkur loyiha, temir yo‘lni kesib o‘tishda xavfsiz sharoit yaratish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram