"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. Hurmatli yo‘lovchilar! Yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida Xitoy Xalq Respublikasining CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CR200J rusumli zamonaviy tezyurar elektropoyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Poyezdning harakat tezligi 160 km/soatni tashkil etadi. Elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun “Econom” toifasidagi zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, har bir o‘rindiqda USB quvvatlantirish qurilmalari, vagon ichidagi iqlimni me’yorida saqlash imkonini beruvchi iqlim nazorati tizimi mavjud. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar ko‘zda tutilgan. 7055-sonli “Urganch Aerovokzal – Xiva” Urganch Aerovokzal — 08:40 Urganch — 08:59–09:02 Xiva — 09:22 7058-sonli “Xiva – Urganch Aerovokzal” Xiva — 21:00 Urganch — 21:20–21:23 Urganch Aerovokzal — 21:42 Chipta narxlari: Kattalar — 25 000 so‘m Bolalar — 14 000 so‘m Chiptalarni https://eticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilishingiz mumkin. Ma'lumot uchun: 1005 qisqa raqami Yangi zamonaviy elektropoyezdda sayohatingiz qulay va maroqli o‘tsin! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  2. repost

    Temir yo‘l izlarida xavfsizlik va ozodalik – e’tibor markazida ​Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov boshchiligida navbatdagi harakat xavfsizligi kunida hududdagi korxona, tashkilotlar hamda stansiyalar faoliyati atroflicha oʻrganildi. ​Jumladan, Qoʻqon stansiyasi atrofi, unga tutash xoʻjalik hududlari, temir yoʻl izlari boʻylari hamda vokzallar atrofidagi holat koʻzdan kechirildi. Oʻrganish davomida poyezdlar harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillar qatʼiy nazoratga olindi. ​Tekshiruv davomida masʼullarga quyidagi vazifalar yuklatildi: - ​Temir yoʻl muhofaza zonalari va yoqalarini ortiqcha jismlar, chiqindilar hamda keraksiz buyumlardan tozalash; - ​Hududlarning estetik qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish; - ​Belgilangan sanitariya va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. ​Harakat xavfsizligi – eng ustuvor vazifa. Bu nazorat tadbirlari barcha stansiya va korxonalarda izchil davom etadi.

  3. repost

    Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi! Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti — Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана! Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  4. repost
    +3

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yigʻilishida ishtirok etdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в юбилейном заседании Совета глав государств-членов ШОС в городе Бишкеке. #Mirziyoyev #sammit #ShHT #yigilish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  5. repost
    +3

    🇺🇿🇺🇿MUSTАQILLIKNING 35 YILLIGI BАYRАMI АRАFАSIDА YO‘LOVCHILАRGА MUNOSIB SOVGʼА Yurtimizda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, “Temir yoʼl vokzallari” MCHJ tomonidan 📍Samarqand temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilarga munosib sovgʼa tayyorlandi. Bir kunda o‘rtacha 3-3,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan ushbu temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yer osti yo‘lida zamonaviy lift va eskalator xizmatlari ishga tushirildi. 31-avgustdan boshlab, yo‘lovchilar 1-yo‘ldan 2-yo‘lga, shuningdek, boshqa yo‘llarga tez hamda qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu saʼyi harakatlar nafaqat oddiy yo‘lovchilar, yoki sayyohlarga, balki temir yo‘l xizmatidan foydalanadigan yoshi ulugʼ, yosh bolali hamda imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun juda qulay imkoniyatdir. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  6. repost

    Bishkek shahridagi "Iris ordo" kongress-xollida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi boshlandi. — В Конгресс-холле «Ырыс Ордо» в Бишкеке с участием Президента Шавката Мирзиёева началось заседание Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  7. repost
    +6

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. — В рамках программы пребывания в городе Бишкеке Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия шестых Всемирных игр кочевников. #Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #NomadGames Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  8. repost

    Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi. — На полях саммита Шанхайской организации сотрудничества состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Председателем Китайской Народной Республики Си Цзиньпином. #Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  9. repost

    🇺🇿🇺🇿MUSTАQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI BAYRAMI АRАFАSIDА XАLQIMIZGА MUNOSIB SOVGʼА Toshkentdan Аndijonga ilk bor tezyurar poyezd yetib keldi👏 Xitoydan olib kelingan bu yangi tezyurar elektropoyezd Vodiy xalqi hamda mehmonlariga xizmat qiladi. 🚅160 km tezlikda harakatlanadigan mazkur poyezd Toshkentdan Аndijongacha 4 soatda yetib keldi. Texnik sinov qatnovini amalga oshirgan ushbu zamonaviy poyezd, yaqin kunlarda harakat jadvali asosida yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatadi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  10. repost
    +5

    🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA TO‘RTKO‘L VOKZALI YANGI QIYOFADA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI ✅ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan To‘rtko‘l vokzalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ➕2001-yilda qurilgan To‘rtko‘l vokzali 2026-yilda to‘liq rekonstruksiya qilinib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan zamonaviy sharoitlar yaratildi. ➡️Rekonstruksiya ishlari doirasida vokzal binosining ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy kutish zali tashkil etildi, yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi, poyezdlar harakati haqida tezkor ma’lumot beruvchi elektron axborot tablosi joriy qilindi hamda bepul Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yildi. ❗️ Shuningdek, vokzalda ilgari mavjud bo‘lmagan zamonaviy VIP zal barpo etildi. Mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni qulay va shinam sharoitda kutish hamda yuqori darajadagi servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. ➡️Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ham tegishli qulayliklar yaratildi. Yo‘lovchilarning yuklarini tashish uchun maxsus yuk aravalari bilan ta’minlandi. 📌Vokzalning tashqi hududi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, vokzal hududida chakana savdo, bankomat, aloqa uskunalari va ofis xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 👥 Bugungi kunda To‘rtko‘l vokzali Qoraqalpog‘iston Respublikasining muhim temir yo‘l transporti obyektlaridan biri bo‘lib, kuniga o‘rtacha 150–200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bir sutkada o‘rtacha 4 ta yo‘lovchi poyezdi qabul qilinib, jo‘natiladi. Yangilangan To‘rtko‘l vokzali yo‘lovchilarga zamonaviy, xavfsiz va yoʻlovchilar uchun yanada qulay imkoniyat! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  11. +1

    🇺🇿 MUSTAQILLIK - KECHA, BUGUN VA BUYUK KELAJAK SARHADLARIDA “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya ostida “Toshkent mexanika zavodi” AJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎙 Tadbirda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali - Toshkent muzeyi mudiri Xodjayev Baxtiyor Rahmatullayevich mazmunli ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada mustaqillikkacha bo‘lgan murakkab tarixiy jarayonlar, xalqimizning ozodlik va erkinlik sari intilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi hamda undan keyingi bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘li haqida qiziqarli va ta’sirchan fikrlar bildirildi. 🏅 Bayramning yana bir quvonchli lahzasi - bir qator fidoyi xodimlarning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangani bo‘ldi. 🤝 Tadbirda “Toshkent mexanika zavodi” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktor Z.Z. Isoqov so‘zga chiqib, jamoani ulug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va zavod jamoasining kelgusidagi muvaffaqiyatlariga ezgu tilaklar bildirdi. Shuningdek, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.M. Tashniyazov jamoani Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. ✨ 35 yil - shunchaki sana emas. Bu - tarix, mashaqqat, bunyodkorlik va ertangi kunga bo‘lgan ishonch timsolidir. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yagona Vatan, yagona xalq - yagona buyuk maqsad sari! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  12. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ jamoasida uchun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ Boshqaruv raisi Dadaхodjayev Dilshod Farruxovich hamda bir guruh ishchi-xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Mazkur mukofot zavod jamoasi uchun — rahbarimiz va jamoamizning mamlakatimiz taraqqiyoti, temir yo‘l transporti rivoji hamda mahalliy sanoat salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir. Bayram munosabati bilan zavodda ko‘tarinki kayfiyat hukm surib, bayram dasturxoni yozildi va barcha ishchi-xodimlar Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etildi. “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ jamoasi nomidan Dadaxоdjayev Dilshod Farruxovich hamda mukofotlangan barcha xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz va ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz! Yuksak e’tirof — yangi marralar sari ishonch va mas’uliyat! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  13. repost
    +6

    35 YILLIK TARAQQIYOT YO‘LI #mustaqillik_35 🇺🇿 Joriy yil 27- avgust kuni “Toshkent MTU” filialida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Toshkent MTU” filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov so‘zga chiqib, soha vakillarini ushbu ulug‘ ayyom bilan samimiy qutladi. O‘z nutqida u temiryo‘lchilarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlash, soha infratuzilmasini izchil rivojlantirish hamda tizimning barqaror va xavfsiz faoliyat yuritishidagi beqiyos hissasini alohida eʼtirof etdi. Tadbirda halol mehnati, fidoyiligi va kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ilg‘or xodimlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Samarali va fidokorona mehnati bilan ajralib turgan 30 nafar soha fidoyilariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  14. repost

    Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi. To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi. Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi. – Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz, – dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X

  15. repost

    – Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish, – dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi. Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi. – Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  16. repost

    Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi. Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi. Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi. Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi. Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi. Facebook|Instagram|X

  17. repost

    Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi. Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi. – Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi, – dedi Prezidentimiz. Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi. Facebook|Instagram|X

  18. repost

    Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. – Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari. Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi. Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi. Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan. Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi. Facebook|Instagram|X

  19. repost

    – Bizning eng katta boyligimiz – ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlaridir, – dedi davlatimiz rahbari. Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda. Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi. Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi. Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi. – Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim! – deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

  20. repost

    O‘tgan davrda yurtimizda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etildi va xususiy sektorga keng imkoniyat berildi. Buning natijasida tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi. Yuqori malakali shifokorlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, ular uchun munosib sharoitlar yaratildi. Ilgari xorijda amalga oshirilgan 100 dan ziyod murakkab diagnostika va davolash usullari bugun yurtimizda ham mukammal bajarilmoqda. – Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir, – dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari jonajon Vatanimiz azaldan ulug‘ mutafakkirlar, aziz avliyolar va buyuk allomalar yurti bo‘lib kelganini ta’kidladi. Bu bebaho merosga munosib ravishda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-ma’rifiy dargohlar barpo etildi. Ushbu muhtasham va tabarruk maskanlar nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari jadal davom ettiriladi. Facebook|Instagram|X

  21. Older posts