"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost

    Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi. AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi. Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi. – Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim, – dedi davlatimiz rahbari. Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. Facebook|Instagram|X

  2. repost

    – Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi? – dedi davlatimiz rahbari. Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi. Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi. Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi. Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi. Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda. Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi. – Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  4. repost

    Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi. Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi. Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi. “Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi. – Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi. Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi. Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi. – Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik, – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

  6. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi. Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi. Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi. – Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  7. +1

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ISO 9001:2015 talablariga muvofiq Sifat menejmenti tizimini joriy etish doirasida malaka oshirgan xodimlarga ichki auditor va sifat menejeri sertifikatlari topshirildi. Sertifikatlar Strategik rivojlantirish va sanoat faoliyatini tashkil etish departamenti boshlig‘i K.T. Rashidov va CERT academy Xalqaro trening kompaniyasi xalqaro toifadagi mutaxassis M. Mirzamonov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Sertifikatga ega mutaxassislar kelgusida ichki auditlarni tashkil etish, jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirishda faol ishtirok etadilar. Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha temir yo‘l sohasi xodimlari muborakbod etilib, sifat standartlarini joriy etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  8. repost

    🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  9. repost

    HАRАKАT XАVFSIZLIGI KUNIDА 👍👍👍👍👍👍 Joriy yil 26 - avgust kuni “Toshkent MTU” filiali boshligʼining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh “To‘qimachi - Ohangaron” yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkalarini ko‘zdan kechirdilar. Ishchi guruh tomonidan To‘qimachi, Sergeli, Jaloyir, Kuchluk, To‘y tepa, Ozodlik stansiyalari hududida yo‘l, aloqa, energiya taʼminoti xo‘jaliklarining ish faoliyati o‘rganildi. Har bir temir yo‘l uchastkasida temir yo‘l atrofining estetik holatini yanada yaxshilash bo‘yicha oldin berilgan topshiriqlar ijrosi nazorat qilindi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  10. repost

    “Temiryo‘linfratuzilma” AJ markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 27-avgust kuni "Temiryo‘linfratuzilma" AJ markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda halol mehnati, fidoyiligi va kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ilg‘or xodimlarni e’tirof etish va munosib taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida "Temiryo‘linfratuzilma" AJ boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov so‘zga chiqib, soha vakillarini ushbu ulug‘ ayyom bilan samimiy qutladi. O‘z nutqida u temiryo‘lchilarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, soha infratuzilmasini izchil rivojlantirish hamda tizimning barqaror va xavfsiz faoliyat yuritishidagi beqiyos hissasini alohida e’tirof etdi. Tadbirning eng hayajonli qismida ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati bilan ajralib turgan soha fidoyilariga "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Uzoq yillik mehnating ushbu yuksak e’tirofi — soha xodimlarining mashaqqatli va mas’uliyatli faoliyatiga berilgan yuksak bahodir. Jamiyat jamoasi barcha mukofotlangan hamkasblarni qizg‘in tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yangi kasbiy marralarni zabt etishni tilaydi. Bu kabi tadbirlar “Temiryo‘linfratuzilma” AJning barcha tarkibiy korxona hamda filiallari rahbarlari tomonidan joylarda ko‘tarinki ruhda davom ettirilmoqda! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  11. repost

    ✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди. Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган. 🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган. 🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда. Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган: 🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”. Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  12. repost

    “Shuhrat” medali — fidokorona mehnat e’tirofi Mustaqilligimizning 35 yillik tantanalari arafasida yurtimizda inson qadri, uning halol mehnati va Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi yana bir bor yuksak e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va ibratli faoliyati bilan yurtimiz ravnaqiga xizmat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar safidan «Temiryo‘linfratuzilma» aksiyadorlik jamiyatining «Qarshi elektr ta’minoti masofasi» filiali elektromexanigi Maxmarajabov Sanaqul Dusmaxammadovichning ham o‘rin olgani alohida quvonch bag‘ishlaydi. U temir yo‘l sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va fidoyiligi, shuningdek, soha taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Davlat mukofotini Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali ravishda topshirib, Sanaqul Maxmarajabovni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi. Mazkur mukofot temiryo‘l sohasida mehnat qilayotgan fidoyi xodimlarga yuksak e’tibor va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘lib, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida yanada samarali va sidqidildan mehnat qilishga ruhlantiradi. Sanaqul Maxmarajabovni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  13. repost

    “YOSHLAR E’TIROFIDAGI ENG YAXSHI KORXONA” TANLOVI G‘OLIBI TAQDIRLANDI! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini ta’minlash, tashabbus va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi faoliyati munosib e’tirof etildi. “Yoshlar e’tirofidagi eng yaxshi korxona” tanlovida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur yutuq munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialga “MINNATDORLIK” bildirildi. Tantanali taqdirlash marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi boshlig‘i A.A. Umaraliyev faxriy mukofotni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i S.S. Asrorovga topshirdi. Ushbu e’tirof — korxonada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilayotgan e’tiborning munosib natijasidir. Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli jamoasini ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

  14. repost

    🎉 “Afrosiyob” elektropoyezdi xodimlari navbatdagi yo’lovchini tavallud ayyomi bilan tabriklashdi 🚉”Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ” hamda “Temiryoʻlekspress” AJ jamoasi yo’lovchilarni hursand qilishda davom etadi! Bugun yuqori tezlikda harakatlanuvchi 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi xodimlari yo’lovchini tavallud ayyomi bilan tabriklashdi. Bunday iliq va jozibador g‘amxo‘rliklar poyezd safarini yanada esda qolarli va quvonchli qiladi. ✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati 📱Telegram 📱Instagram

  15. repost

    Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin, aziz temiryo'lchilar! 🇺🇿 ​ Bugun Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida katta tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fidokorona mehnat qilgan, o‘z ishiga sidqidildan yondashgan bir guruh eng yaxshi xodimlarimiz munosib taqdirlandilar. 🎉🏅 ​Tadbirda uzel filiali boshlig‘i o‘zining tabrik so‘zida temiryo‘lchilarning Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi. 👏 ​Eng fidoyi va samarali mehnat qilgan xodimlarga "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Bu mukofot har bir temiryo‘lchining mehnatiga berilgan yuksak baho va e’tirofdan dalolatdir. ​Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz! Keyingi faoliyatlaringizda ham shunday shijoat va fidokorlik bilan ishlashingizga tilakdoshmiz.

  16. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  17. +3

    “MPS TURON” O‘QUV-AMALIYOT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining “MPS Turon” tizimini yanada kengaytirish hamda o‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi doirasida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali tarkibidagi Navoiy signallashtirish va aloqa masofasida zamonaviy “MPS Turon” o‘quv-amaliyot markazi tashkil etildi. Markazning tantanali ochilish marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi boshlig‘i A.A. Umaraliyev hamda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i S.S. Asrorov ishtirok etib, yangi o‘quv maskanini foydalanishga topshirdilar. Tadbirda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati, nafaqadagi nuroniylar, korxona rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Loyiha asosida bunyod etilgan markazda temir yo‘l sohasida zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Markazda mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi tizimlarni temir yo‘l tarmog‘ida keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi: 🔹 MPS Turon 🔹 MPAB Turon 🔹 DTS Turon 🔹 MAPS Turon Yiliga 28 nafar mutaxassis tayyorlanadi O‘quv-amaliyot markazida yiliga 8 nafar dasturchi hamda 20 nafar montaj elektromexanigini tayyorlash imkoniyati mavjud. Mazkur markaz temir yo‘l sohasini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, mahalliy dasturiy yechimlardan samarali foydalanish hamda kelajak uchun malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim loyihalardan biridir. Zamonaviy bilim — ilg‘or texnologiya — malakali mutaxassis! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  18. repost

    Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. – Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman, – dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X

  19. repost

    Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi. Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir. Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi. Facebook|Instagram|X

  20. repost

    Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi. – Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda. Facebook|Instagram|X

  21. Older posts