O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ jamoasida uchun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ Boshqaruv raisi Dadaхodjayev Dilshod Farruxovich hamda bir guruh ishchi-xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Mazkur mukofot zavod jamoasi uchun — rahbarimiz va jamoamizning mamlakatimiz taraqqiyoti, temir yo‘l transporti rivoji hamda mahalliy sanoat salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir. Bayram munosabati bilan zavodda ko‘tarinki kayfiyat hukm surib, bayram dasturxoni yozildi va barcha ishchi-xodimlar Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etildi. “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ jamoasi nomidan Dadaxоdjayev Dilshod Farruxovich hamda mukofotlangan barcha xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz va ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz! Yuksak e’tirof — yangi marralar sari ishonch va mas’uliyat! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X