"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏

Hurmatli yo‘lovchilar! Yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida Xitoy Xalq Respublikasining CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CR200J rusumli zamonaviy tezyurar elektropoyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Poyezdning harakat tezligi 160 km/soatni tashkil etadi. Elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun “Econom” toifasidagi zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, har bir o‘rindiqda USB quvvatlantirish qurilmalari, vagon ichidagi iqlimni me’yorida saqlash imkonini beruvchi iqlim nazorati tizimi mavjud. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar ko‘zda tutilgan. 7055-sonli “Urganch Aerovokzal – Xiva” Urganch Aerovokzal — 08:40 Urganch — 08:59–09:02 Xiva — 09:22 7058-sonli “Xiva – Urganch Aerovokzal” Xiva — 21:00 Urganch — 21:20–21:23 Urganch Aerovokzal — 21:42 Chipta narxlari: Kattalar — 25 000 so‘m Bolalar — 14 000 so‘m Chiptalarni https://eticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilishingiz mumkin. Ma'lumot uchun: 1005 qisqa raqami Yangi zamonaviy elektropoyezdda sayohatingiz qulay va maroqli o‘tsin! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

Views over time

05K10K15K20K3 Sep 04:4612 Nov 18:5616.1K3 Sep 04:46: 0 views12 Nov 18:56: 16,100 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
3 Sep 2026, 04:460
12 Nov 2026, 18:5616.1K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.