Temir yo‘l izlarida xavfsizlik va ozodalik – e’tibor markazida Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov boshchiligida navbatdagi harakat xavfsizligi kunida hududdagi korxona, tashkilotlar hamda stansiyalar faoliyati atroflicha oʻrganildi. Jumladan, Qoʻqon stansiyasi atrofi, unga tutash xoʻjalik hududlari, temir yoʻl izlari boʻylari hamda vokzallar atrofidagi holat koʻzdan kechirildi. Oʻrganish davomida poyezdlar harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillar qatʼiy nazoratga olindi. Tekshiruv davomida masʼullarga quyidagi vazifalar yuklatildi: - Temir yoʻl muhofaza zonalari va yoqalarini ortiqcha jismlar, chiqindilar hamda keraksiz buyumlardan tozalash; - Hududlarning estetik qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish; - Belgilangan sanitariya va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. Harakat xavfsizligi – eng ustuvor vazifa. Bu nazorat tadbirlari barcha stansiya va korxonalarda izchil davom etadi.