Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. – Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari. Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi. Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi. Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan. Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi. Facebook|Instagram|X