AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatimizga tashrifi yakunlandi. @TIVmatbuot
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
-
-
“Bizning umumiy vazifamiz — ushbu ustunliklarni birlashtirib, xalqlarimizga aniq manfaat keltiradigan uzoq muddatli sheriklikni barpo etishdir”. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “C5+1” vazirlar uchrashuvidagi nutqining yakunida Markaziy Osiyoning boy resurslari, o‘sib borayotgan bozorlari, inson kapitali va strategik geografik joylashuvini AQShning ilg‘or texnologiyalari, investitsiyaviy kapitali hamda jahon darajasidagi tadbirkorlik tajribasi bilan uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidladi. Vazir asrlar davomida xalqlar, bozorlar, bilim va g‘oyalarni bog‘lab kelgan Samarqandning tarixiy roliga yangi mazmun bag‘ishlab, Markaziy Osiyo va AQShni yanada yaqinlashtirish imkoniyati mavjudligini qayd etdi. “Bugungi uchrashuv ana shu kelajak sari muhim qadam bo‘lishiga umid qilaman”, — deya Baxtiyor Saidov o‘z nutqini yakunladi. @TIVmatbuot
-
“Ustuvor yo‘nalishlarimizdan biri sifatida muhim minerallar sohasida geologik qidiruv va mineral xomashyoni qayta ishlashdan tortib, mahalliy sanoat klasterlarini tashkil etishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi strategik sheriklikni rivojlantirishni taklif etamiz”. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “C5+1” vazirlar uchrashuvidagi nutqida ushbu tashabbusni ilgari surdi. Vazir Markaziy Osiyoning boy resurslari, o‘sib borayotgan bozorlari, inson kapitali va strategik geografik joylashuvini AQShning ilg‘or texnologiyalari, investitsiyaviy kapitali hamda tadbirkorlik tajribasi bilan uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidladi. O‘zbekiston “C5+1” Kotibiyatiga hamraislikni qabul qilar ekan, erishilgan yutuqlarni davom ettirish, izchillikni ta’minlash va kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirishga e’tibor qaratishi qayd etildi. @TIVmatbuot
-
“Markaziy Osiyo yanada kuchli va jips mintaqaga aylanib, o‘z kelajagini belgilash hamda xalqaro jarayonlarga hissa qo‘shish salohiyati tobora ortib bormoqda”. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqanddagi “C5+1” vazirlar uchrashuvida mintaqada yuz berayotgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratdi. Kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo barcha davlatlarimiz hamda xalqaro hamkorlarimiz manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi. Vazir hamkorlikning navbatdagi bosqichida Markaziy Osiyoning yangi imkoniyatlarga ega, o‘zaro integratsiyalashgan mintaqa sifatidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhimligini qayd etdi. Bu borada iqtisodiy bog‘liqlikni mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. @TIVmatbuot
-
– Kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo barcha davlatlarimiz va xalqaro hamkorlarimiz manfaatlariga javob beradi, – dedi vazir. O‘zbekiston “C5+1” Kotibiyatidagi hamraislikni qabul qilar ekan, erishilgan natijalarni davom ettirish, hamkorlikning uzviyligini ta’minlash hamda kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirishga tayyorligini bildirdi. Vazir Samarqand asrlar davomida xalqlar, bozorlar, bilim va g‘oyalarni bog‘lab kelganini ta’kidlab, bugungi uchrashuv Markaziy Osiyo va AQShni yanada yaqinlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi. @TIVmatbuot
-
– Bugun biz “C5+1” sherikligiga yangi strategik mazmun berish imkoniyatiga egamiz. Hamkorligimizning keyingi bosqichi nafaqat ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga, balki Markaziy Osiyoning yaxlit va yangi imkoniyatlarga boy mintaqa sifatidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilishi lozim, – dedi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “C5+1” vazirlar uchrashuvining ochilishida. Vazir AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni O‘zbekistonga ilk tashrifi bilan qutlab, uning va jamoasining O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan Markaziy Osiyoga va mintaqa bilan hamkorlikning kengayib borayotgan imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Vazir O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari o‘rtasida shakllangan do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochganini ta’kidladi. Uchrashuvning aynan Samarqandda o‘tayotgani ramziy ahamiyatga ega. 2015-yilda ilk “C5+1” vazirlar uchrashuvi ham shu shaharda bo‘lib o‘tgan edi. O‘tgan davr mobaynida formatning kun tartibi kengaydi, hamkorlik mexanizmlari mustahkamlandi, Markaziy Osiyoning o‘zi esa yanada jips va o‘z kelajagini shakllantirishga qodir mintaqaga aylandi. @TIVmatbuot
-



+1
Samarqandda “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi avvalida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida rasmiy suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi. @TIVmatbuot
-
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “C5+1” formatidagi tadbirlarni yoritish uchun CBS News, The Wall Street Journal, Bloomberg News, The New York Times, The Washington Post, Reuters, AFP, TASS, Xinhua, BBC, Euronews va boshqa yetakchi xalqaro OAV vakillari O‘zbekistonga yetib keldi. Bugun Samarqand jahon axborot maydonining diqqat markazida. Bu yerda kechayotgan muloqotlar Markaziy Osiyo va AQSh hamkorligining yangi istiqbollarini ochib, mintaqaning xalqaro maydondagi o‘sib borayotgan o‘rni va salohiyatini namoyon etmoqda. *** Representatives of CBS News, The Wall Street Journal, Bloomberg News, The New York Times, The Washington Post, Reuters, AFP, TASS, Xinhua, BBC, Euronews, and other leading international media outlets have arrived in Uzbekistan to cover the C5+1 events taking place in Samarkand. Today, Samarkand stands in the global media spotlight. The discussions underway here are opening new prospects for Central Asia–U.S. cooperation, highlighting the region’s growing international role and potential. @TIVmatbuot
-
edited
“C5+1” — Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik platformasi Siyosiy muloqot, savdo va investitsiyalar, transport va energetika, ekologiya hamda xavfsizlik — “C5+1” doirasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir. Infografikada ushbu formatning tashkil topishi, asosiy maqsadlari va muloqot bosqichlari haqida ma’lumot berilgan. *** C5+1 — A Platform for Cooperation between Central Asia and the United States Political dialogue, trade and investment, transport and energy, the environment, and security are the main areas of cooperation within the C5+1 framework. This infographic provides an overview of the format’s origins, key objectives, and milestones in dialogue. @TIVmatbuot
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
“C5+1” formati haqida qanchalik yaxshi bilasiz? Viktorinada “C5+1” muloqot platformasi, uning shakllanishi, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik hamda O‘zbekistonning ushbu formatdagi ishtirokiga oid savollarga javob bering. Bilimingizni sinab ko‘ring! @TIVmatbuot
-
repost
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida transport infratuzilmasi va zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan tanishish rejalashtirilgan. Ertaga, 19-oktabr kuni, davlatimiz rahbari Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Самаркандскую область. Программой поездки предусмотрено ознакомление с проектами развития транспортной инфраструктуры и современного градостроительства. Завтра, 19 октября, глава нашего государства примет участие в заседании Американо-узбекского делового и инвестиционного совета. Facebook|Instagram|X
-
repost
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на седьмом саммите Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии: 📌Сегодня мир переживает глубокие перемены. Возникают новые угрозы и вызовы, которые требуют тесного сотрудничества и совместных решений; 📌Необходимо решать все конфликты и разногласия исключительно мирным путем, политическими и дипломатическими средствами, на основе международного права и уважения интересов всех сторон; 📌«Мы с обеспокоенностью следим за противостоянием на Ближнем Востоке и гуманитарной ситуацией в Газе. Призываем к скорейшему восстановлению мира и стабильности в этом регионе»; 📌Главной целью СВМДА должно стать формирование целостной инфраструктуры доверия в Азии, создание устойчивой системы отношений на основе понятных и предсказуемых действий, выполнения всех взятых обязательств; 📌Предложено разработать Концепцию формирования инфраструктуры доверия в Азии, а также определить в ней главные направления развития СВМДА, предусмотреть конкретные меры по развитию взаимосвязанности и расширению сотрудничества между государствами; 📌Выдвинута Азиатская инициатива по технологическому доверию и ответственному использованию искусственного интеллекта; 📌Предложено создать Партнерство в области климатической устойчивости. Оно позволит совместно внедрять водосберегающие технологии, развивать «зеленую» энергетику и наладить постоянное наблюдение за состоянием окружающей среды; 📌Узбекистан как координатор Человеческого измерения СВМДА уделяет большое внимание развитию образовательных, культурных и гуманитарных связей, и готов провести в следующем году Форум по развитию человеческого потенциала; 📌Узбекистан поддерживает дальнейшее укрепление организационных основ СВМДА и работу над его Уставом. Важно, чтобы выдвигаемые здесь инициативы находили практическое воплощение. Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Bugungi kunda dunyo chuqur geosiyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda. Bu vaziyat yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilishni talab etadi; 📌Har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilishi zarur; 📌“Biz Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilik va G‘azodagi gumanitar vaziyatni katta tashvish bilan kuzatib boryapmiz. Ushbu mintaqada tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdorimiz”; 📌OHIChKning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish, o‘zaro uyg‘un va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan harakatlar, majburiyatlarni bajarish asosidagi munosabatlarning barqaror tizimini yaratish bo‘lishi kerak; 📌Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash taklif etildi; 📌Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi; 📌Iqlim barqarorligi sohasida sheriklik qilish bo‘yicha tashabbus taklif qilindi. Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, “yashil” energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi; 📌O‘zbekiston Kengashning Inson mezoni bo‘yicha koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda va kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyor; 📌O‘zbekiston OHIChKning tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash va uning nizomini takomillashtirish borasidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ilgari surilayotgan tashabbuslar o‘zining amaliy ijrosini topishi muhim. Facebook|Instagram|X
-
(poll without text)
-
(poll without text)
- Older posts