(poll without text)
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
-
-
(poll without text)
-
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash haqida qanchalik yaxshi bilasiz? Viktorinada Kengash faoliyati, O‘zbekistonning undagi ishtiroki va muhim tashabbuslarga oid savollarga javob bering. Bilimingizni sinab ko‘ring! @TIVmatbuot
-
“Har bir elchi bir oyda bitta investor olib kelmaguncha kabinetda oʻtirmaydi” — Prezident O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz elchilari oldiga har oy kamida bittadan investor olib kelish vazifasini qoʻydi. “Yangi Toshkentga yangi investitsiya, sarmoya olib kelayotgan har bir tadbirkorga alohida munosabat boʻladi. Kim uchun qilyapmiz? Tadbirkorlar uchun. Nima uchun? Yoʻlimiz oson boʻlishi, daromadimiz koʻpayishi, sizlarga sharoit yaratish uchun”, — dedi davlatimiz rahbari. @TIVmatbuot
-
repost
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududidagi bir qator obyektlarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Новый Ташкент, где проведет встречу с инвесторами и предпринимателями, реализующими здесь крупные проекты. В рамках мероприятия глава нашего государства примет участие в церемонии ввода в эксплуатацию и начала строительства ряда объектов на территории Нового Ташкента. Facebook|Instagram|X
-
🇺🇿O‘zbekiston — robototexnika bo‘yicha jahon chempioni! Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida o‘tayotgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi! Terma jamoamiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. 🚀Yosh muhandislarimiz 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi. Ushbu natija O‘zbekiston yoshlarining muhandislik va robototexnika sohasidagi salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yana bir yorqin namunasidir. @TIVmatbuot
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
№11 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Diplomatik protokol va etiket bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘rishga tayyormisiz? 📝 Viktorinamizdagi 5 ta savolga javob bering va protokol qoidalarini qanchalik yaxshi bilishingizni tekshirib ko‘ring! Barchaga omad! @TIVmatbuot
-
repost O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan, begunoh insonlarning halok boʻlishi va tinch aholi vakillarining jarohatlanishiga olib kelgan mudhish hujumdan chuqur qaygʻuda ekanini bildiradi va ushbu hujumni qatʼiy qoralaydi. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiramiz, ushbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga chuqur hamdardlik izhor etamiz. Jarohat olganlarning tezroq va toʻliq sogʻayib ketishini tilaymiz. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Podshohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilishi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan toʻxtatilishi shart. Tinch aholi hayotini himoya qilish va muhim infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlash soʻzsiz ustuvor vazifa boʻlib qolishi lozim. Bunday hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiramiz hamda barcha tomonlarni vazminlik koʻrsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yoʻl qoʻymaslikka, kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga qatʼiy daʼvat etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi birodar Saudiya Arabistoni Podshohligi xalqi va Hukumati bilan birdamligini izhor etadi hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. *** Statement of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan is deeply shocked by and strongly condemns lethal attack by the Houthis on King Khalid International Airport in Riyadh, which resulted in the tragic loss of innocent lives and injuries to civilians. We extend our heartfelt condolences to the families and loved ones of the victims and express our sincere sympathy to all those affected by this tragic incident. We wish the injured a swift and full recovery and reaffirm our unwavering support for the sovereignty, territorial integrity, and security of the Kingdom of Saudi Arabia. Attacks against civilians and civilian infrastructure constitute a serious violation of international law and must cease immediately. The protection of civilian lives and the safety of critical infrastructure must remain an absolute priority. We call for an immediate end to such attacks and urge all parties to exercise restraint, avoid further escalation, and resolve differences through dialogue and diplomatic means, in accordance with international law and the principles of the Charter of the United Nations. The Republic of Uzbekistan expresses its sincere solidarity with the brotherly people and Government of the Kingdom of Saudi Arabia and reiterates its commitment to peace, stability, and security in the region. *** Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан Министерство иностранных дел Республики Узбекистан глубоко потрясено и решительно осуждает смертоносную атаку хуситов на международный аэропорт имени короля Халида в Эр-Рияде, которая привела к трагической гибели невинных людей и ранениям мирных жителей. Выражаем наши искренние соболезнования семьям и близким погибших, а также глубокое сочувствие всем, кто пострадал в результате этого трагического инцидента. Желаем раненым скорейшего и полного выздоровления и подтверждаем нашу неизменную поддержку суверенитета, территориальной целостности и безопасности Королевства Саудовская Аравия. Нападения на гражданское население и гражданскую инфраструктуру представляют собой серьёзное нарушение норм международного права и должны быть немедленно прекращены. Защита жизни мирных жителей и обеспечение безопасности объектов критически важной инфраструктуры должны оставаться безусловным приоритетом. Призываем к немедленному прекращению подобных нападений и настоятельно призываем все стороны проявлять сдержанность, не допускать дальнейшей эскалации напряжённости и разрешать разногласия путём диалога и дипломатических средств в соответствии с нормами международного права и принципами Устава Организации Объединённых Наций. Республика Узбекистан выражает искреннюю солидарность с братским народом и Правительством Королевства Саудовская Аравия и вновь подтверждает свою приверженность делу укрепления мира, стабильности и безопасности в регионе. Facebook | YouTube | Instagram | X
-
repost
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на расширенном заседании Совета глав государств СНГ: 📌«Для нас председательство в Содружестве означает, прежде всего, возможность внести вклад в общую работу, предложить новые идеи и вместе продвигать те направления, которые сегодня действительно важны»; 📌Узбекистан намерен поставить в следующем году в центр внимания вопросы экономики, новых технологий, транспорта, безопасности, образования, науки и развития человеческого капитала; 📌Завершается работа над Концепцией председательства и Планом мероприятий. В них уже предусмотрено более ста конкретных мероприятий; 📌Указано на необходимость уделить особое внимание политическому диалогу внутри Содружества. Подчеркнута крайняя важность сохранения возможности обсуждать любые вопросы, поиска решений, которые устраивают всех; 📌В экономике предлагается сделать главный акцент на промышленной кооперации. Объединение этих потенциалов, создание совместных производств и выстраивание устойчивых цепочек поставок даст гораздо заметный результат для всех участников; 📌Ключевое значение имеет дальнейшее устранение барьеров, которые все еще мешают торговле между странами; 📌Отмечена важность расширения использования цифровых технологий в бизнесе и развития электронной коммерции; 📌Подчеркнута необходимость совместной работы в тех сферах, от которых будет зависеть конкурентоспособность экономик в ближайшие годы – критические минералы, искусственный интеллект, роботизация, новые материалы и современные энергетические технологии. 📌Указано на важность упрощения транзитных процедур и создания маршрутов, которые будут удобными, безопасными и экономически выгодными; 📌Узбекистан заинтересован в превращении транспортной сети Центральной Азии в важную часть общей системы связей на пространстве СНГ и за его пределами; 📌Безопасность и стабильность будут оставаться одними из ключевых в период председательства Узбекистана. Будут поддержаны работа профильных органов СНГ и усилия стран по противодействию общим угрозам; 📌Киберпреступность требует постоянного внимания и тесного взаимодействия между странами; 📌Отмечена важность создания условий для человеческого и интеллектуального потенциала стран работать на появление современных производств, инноваций и новых рабочих мест; 📌«Намерены использовать председательство для сохранения всего, что уже доказало свою эффективность, и одновременно придания дополнительного импульса направлениям, где сегодня нужны новые решения». Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”; 📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida; 📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan; 📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi; 📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi; 📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi; 📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi; 📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi; 📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi; 📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor; 📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan; 📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi; 📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”. Facebook|Instagram|X
-
repost
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств СНГ в узком составе: 📌«За 35 лет Содружества изменилось многое, но главное осталось неизменным: страны связывают близкие человеческие отношения, общая история и огромный потенциал сотрудничества»; 📌«Мир кардинально меняется, растёт напряжённость, перестраиваются привычные экономические связи. В такой ситуации особенно важно укреплять доверие, чаще сверять позиции и добиваться того, чтобы договорённости давали реальный результат»; 📌Подчеркнута необходимость использования в полной мере совокупного потенциала государств и вывода торгово-инвестиционного партнерства на новый уровень; 📌Высказана целесообразность постепенного перехода от обмена товарами к совместному созданию полноценных цепочек добавленной стоимости; 📌Отмечена необходимость обеспечить полноценное функционирование Зоны свободной торговли без ограничений; 📌Указано на принципиальную важность устранения технических барьеров, обеспечения взаимного признания сертификатов соответствия и расширения доступа к госзакупкам; 📌Выражена надежда на скорейшее согласование и утверждение Соглашения о расширении взаимного доступа в сфере государственных закупок сельхозпродукции, а также Программы сотрудничества в области продовольственной безопасности; 📌Предложено внедрить Механизм заблаговременного уведомления и консультаций до введения ограничений на экспорт продовольствия и удобрений; 📌Подчеркнута целесообразность создания интегрированных логистических центров, существенного сокращения транзитных издержек, унификации правил грузоперевозок и формирования единой информационной системы транспорта в СНГ; 📌Поддержана инициатива туркменской стороны объявить 2029 год - Годом транспортной связанности Содружества; 📌Указано на необходимость долгосрочного прогноза развития энергетической связанности региона на ближайшие десятилетия; 📌Подчеркнута необходимость ускоренного внедрения низкоуглеродных технологий и развития производств замкнутого цикла. Для объединения усилий предложено разработать Концепцию сотрудничества СНГ в области ресурсоэффективной и циркулярной экономики; 📌Отмечены хорошие возможности для дальнейшего развития культурно-гуманитарных связей через расширение формата Межгосударственного фонда гуманитарного сотрудничества; 📌Предложено организовать Форум «Культурная политика и креативные индустрии»; 📌В сфере борьбы с киберпреступностью предложено поручить Совету МВД разработать комплекс мер по созданию Совместного контактного центра СНГ. Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌“Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”; 📌“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”; 📌Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi; 📌Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi; 📌Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi; 📌Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi; 📌Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi; 📌Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi; 📌Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi; 📌Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi; 📌Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi; 📌Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi; 📌Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi; 📌“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi; 📌Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi. Facebook|Instagram|X
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
- Older posts