🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 13 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥

– Bugun biz “C5+1” sherikligiga yangi strategik mazmun berish imkoniyatiga egamiz. Hamkorligimizning keyingi bosqichi nafaqat ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga, balki Markaziy Osiyoning yaxlit va yangi imkoniyatlarga boy mintaqa sifatidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilishi lozim, – dedi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “C5+1” vazirlar uchrashuvining ochilishida. Vazir AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni O‘zbekistonga ilk tashrifi bilan qutlab, uning va jamoasining O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan Markaziy Osiyoga va mintaqa bilan hamkorlikning kengayib borayotgan imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Vazir O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari o‘rtasida shakllangan do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochganini ta’kidladi. Uchrashuvning aynan Samarqandda o‘tayotgani ramziy ahamiyatga ega. 2015-yilda ilk “C5+1” vazirlar uchrashuvi ham shu shaharda bo‘lib o‘tgan edi. O‘tgan davr mobaynida formatning kun tartibi kengaydi, hamkorlik mexanizmlari mustahkamlandi, Markaziy Osiyoning o‘zi esa yanada jips va o‘z kelajagini shakllantirishga qodir mintaqaga aylandi. @TIVmatbuot

Views over time

020040060080019 Oct 09:0113 Nov 01:1164119 Oct 09:01: 0 views13 Nov 01:11: 641 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
19 Oct 2026, 09:010
13 Nov 2026, 01:11641

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.