🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 12 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥

“Markaziy Osiyo yanada kuchli va jips mintaqaga aylanib, o‘z kelajagini belgilash hamda xalqaro jarayonlarga hissa qo‘shish salohiyati tobora ortib bormoqda”. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqanddagi “C5+1” vazirlar uchrashuvida mintaqada yuz berayotgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratdi. Kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo barcha davlatlarimiz hamda xalqaro hamkorlarimiz manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi. Vazir hamkorlikning navbatdagi bosqichida Markaziy Osiyoning yangi imkoniyatlarga ega, o‘zaro integratsiyalashgan mintaqa sifatidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhimligini qayd etdi. Bu borada iqtisodiy bog‘liqlikni mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. @TIVmatbuot

Views over time

020040060080019 Oct 09:3313 Nov 01:1167919 Oct 09:33: 0 views13 Nov 01:11: 679 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
19 Oct 2026, 09:330
13 Nov 2026, 01:11679

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.