“Bizning umumiy vazifamiz — ushbu ustunliklarni birlashtirib, xalqlarimizga aniq manfaat keltiradigan uzoq muddatli sheriklikni barpo etishdir”. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “C5+1” vazirlar uchrashuvidagi nutqining yakunida Markaziy Osiyoning boy resurslari, o‘sib borayotgan bozorlari, inson kapitali va strategik geografik joylashuvini AQShning ilg‘or texnologiyalari, investitsiyaviy kapitali hamda jahon darajasidagi tadbirkorlik tajribasi bilan uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidladi. Vazir asrlar davomida xalqlar, bozorlar, bilim va g‘oyalarni bog‘lab kelgan Samarqandning tarixiy roliga yangi mazmun bag‘ishlab, Markaziy Osiyo va AQShni yanada yaqinlashtirish imkoniyati mavjudligini qayd etdi. “Bugungi uchrashuv ana shu kelajak sari muhim qadam bo‘lishiga umid qilaman”, — deya Baxtiyor Saidov o‘z nutqini yakunladi. @TIVmatbuot