“Ustuvor yo‘nalishlarimizdan biri sifatida muhim minerallar sohasida geologik qidiruv va mineral xomashyoni qayta ishlashdan tortib, mahalliy sanoat klasterlarini tashkil etishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi strategik sheriklikni rivojlantirishni taklif etamiz”. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “C5+1” vazirlar uchrashuvidagi nutqida ushbu tashabbusni ilgari surdi. Vazir Markaziy Osiyoning boy resurslari, o‘sib borayotgan bozorlari, inson kapitali va strategik geografik joylashuvini AQShning ilg‘or texnologiyalari, investitsiyaviy kapitali hamda tadbirkorlik tajribasi bilan uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidladi. O‘zbekiston “C5+1” Kotibiyatiga hamraislikni qabul qilar ekan, erishilgan yutuqlarni davom ettirish, izchillikni ta’minlash va kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirishga e’tibor qaratishi qayd etildi. @TIVmatbuot