"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost

    Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Xitoylik investor Qorao‘zakdagi “Urusoy” koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan. Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zaxiralarini qayta baholash topshirildi. Qo‘ng‘irotdagi “Borsa kelmas” konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi “Kuskanatau” konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin. Germaniya kompaniyasi Beruniydagi kvarsit koniga 30 million dollar kiritib, kristall kremniy ishlab chiqarish va yiliga 25 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Jahon bozorida bir tonna kristall kremniy 5,5 ming dollar turadi. Kimyo sanoati mutasaddilariga dastlabki 400 million dollarlik rejaga qo‘shimcha 200 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

  2. repost

    Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi. “Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga kamida 50-100 million dollar daromad olib kelishi mumkin. Mutasaddilarga bir oyda “karbon kredit” mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi. “Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi. Yirik xorijiy kompaniyalar “o‘rmon karbon krediti” tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda. Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi. Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi. “Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi. Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

  4. repost

    Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi. Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar. Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi. Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi. “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p. Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi. 2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi. Facebook|Instagram|X

  6. repost

    Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi. So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi. O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p. Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. Facebook|Instagram|X

  7. repost

    "TOSHKENТ - CHINORKENТ" YO'NALISHIDAGI TEMIR YO'L UCHASTKALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK 18-sentabr kuni, "Toshkent MTU" Filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan, ushbu yoʼnalishda kuz-qish mavsumi oldidan koʼrik oʼtkazildi. Mavsumni betalofat oʼtkazish, poyezdlar harakat xavfsizligini, mehnat muhofazasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha oʼrganildi. Shuningdek, koʼrik davomida, stansiya boshliqlari, navbatchilari va boshqa masʼul xodimlarning bilim va tajribalarini yanada oshirish maqsadida, savol javoblar, amaliy sinovlar oʼtkazildi. Bundan tashqari, harakat xavfsizligini taʼminlash, ish samaradorligini yanada oshirish boʼyicha joylardagi xodimlarning takliflari ham oʼrganib borilmoqda Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan masʼul xodimlarga koʼrsatma va topshiriqlar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  8. Mening kasbim – mening faxrim! Sharipova Zilola – "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ, "Temir yo'l vokzallari" MCHJ, Toshkent Janubiy Vokzal - Suhandoni |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  9. repost

    Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonda yakunlangan loyihalarni ishga tushirdi, yangi quvvatlarning qurilishiga start berdi. — Глава нашего государства запустил завершенные проекты и дал старт строительству новых мощностей в Каракалпакстане. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  10. repost

    YANGI QURILGAN ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YO‘LDA TEXNIK SINOV O‘TKAZILDI 17-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan 🌍Xovos, Yangi Yangiyer stansiyalaridagi temir yo‘l uchastkalarida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Ishchi guruh dastlab ko‘rikni 🌍“Xovos-Zomin turizm” yo‘nalishida qurilgan, uzunligi 28 km bo‘lgan yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkasida texnik sinov o‘tkazishdan boshladi. Jarayonda amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi hamda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, ko‘rik davomida eng yirik saralash stansiyalaridan biri hisoblangan 🌍Xovos stansiyasi hamda Yangi Yangiyer stansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik,harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati ko‘zdan kechirildi. Kuzgi ko‘rik davom etmoqda. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  11. repost

    POYEZDLАR HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА'MINLАSH MUHIM VАZIFА 16-sentabr kuni kunning ikkinchi yarmida, "Toshkent MTU" Filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan 🌍“Sirdaryo – Guliston- Bekobod” temir yoʼl uchastkasida kuzgi koʼrik oʼtkazildi. Unda temir yoʼl stansiyalari va korxona boʼlimlarida poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, belgilangan ish texnologiyalariga rioya etilishi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablarining bajarilishi atroflicha oʼrganildi. Аniqlangan kamchiliklarni oʼz vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  12. repost

    #KUZGI_KO‘RIK Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, temir yo‘l infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida kuzgi ko‘rik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilning 16-sentyabr kuni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari boshchiligida tegishli bo‘lim boshliqlari, korxona rahbarlari hamda komissiya a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Tinchlik – Uchquduq” temir yo‘l uchastkasi oralig'ida navbatdagi kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rik davomida temir yo‘l stansiyalari va korxona bo‘limlaridagi: ▪️ qurilma va inshootlarning texnik sozligi hamda saqlanish holati; ▪️ belgilangan ish texnologiyalariga rioya etilishi; ▪️ xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablarining bajarilishi; ▪️ poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar; ▪️ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida temir yo‘l infratuzilmasining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada mustahkamlashdan iborat. Kuzgi ko‘rik ishlari belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha izchil davom ettiriladi. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

  13. repost

    HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA KUZGI KO'RIK BOSHLANDI 👍👍👍👍👍 "Toshkent MTU" Filialida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlarni, yo'l, elektr ta'minoti, signallashtirish va aloqa xo'jaliklarining kuzgi mavsumga ko'rgan tayyorgarligini o'rganish maqsadida, kuzgi ko'rik boshlandi. Unda, Filial rahbariyati va bo'lim boshliqlari, Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti, Toshkent filiali bosh noziri va nozirlari, xo'jaliklar mutasaddilari, stansiyalar boshliqlari ishtirok etmoqda. Kunning birinchi yarmida 🌍"O'zbekiston-Sirdaryo" yo'nalishidagi temiryo'l uchastkasi ko'zdan kechirildi. Ko'rik davom etmoqda. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  14. repost

    Qarshi MTU filialida kuzgi ko‘rik yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli korxona va stansiyalarda o‘tkazilgan kuzgi ko‘rik yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish filial boshlig‘i M.X. Mirzayev rahbarligida o‘tkazilib, unda kuzgi ko‘rik davomida korxona va stansiyalarda aniqlangan holatlar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida harakat xavfsizligi, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holati, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish intizomi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, temir yo‘l xo‘jaligi obyektlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  15. repost

    HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA Bugun, 16-sentyabr kuni “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kuni doirasida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N-sonli “Harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz lokomotiv deposida mashinist-murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida harakat xavfsizligini ta’minlash, mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etish, xizmat vaqtida hushyorlikni oshirish, shuningdek, yuk va yo‘lovchilarni belgilangan talablar asosida xavfsiz manzilga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, lokomotivlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, lokomotiv brigadalarining smena davomida texnik nuqsonlarga yo‘l qo‘ymasligi, lokomotivlarning texnik va estetik holatini doimiy nazorat qilib borishi hamda “E-marshrut” dasturini o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirish zarurligi ta’kidlandi. Muloqot davomida mashinist va mashinist yordamchilarining safar davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklari, harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar hamda taklif va e’tirozlari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Shundan so‘ng depo rahbariyati bilan birgalikda lokomotivlarni TO-2 ko‘rigidan o‘tkazish sexida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Ishchi-xodimlar uchun yanada qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

  16. repost

    Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik. Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz. Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi. Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz. — В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время. Мы регулярно работаем в таком формате. Определяем приоритеты, разбираем острые вопросы, предлагаем разные решения и выбираем те, которые могут дать лучший результат. Такой подход, когда каждый вопрос подробно обсуждается всей командой, помогает увидеть больше возможностей и найти более эффективные решения. По итогам определяем конкретные задачи и формируем предложения, которые затем представляем Президенту.

  17. repost

    Prezidentimiz ishtirokida O‘zbekiston – Koreya biznes forumining ochilishi bo‘lib o‘tdi. — С участием Президента нашей страны состоялось открытие узбекско-корейского бизнес-форума. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  18. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi; 📌Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi; 📌Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish; 📌Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan; 📌O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi; 📌Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish; 📌2030-yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan; 📌Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish; 📌Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi; 📌Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim; 📌Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda; 📌Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi; 📌Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi; 📌O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

  19. repost
    +3

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Премьер-министр Республики Корея Хан Сон Сук приняли участие в открытии совместного бизнес-форума. #Mirziyoyev #tashrif #Koreya #ishbilarmonlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  20. Older posts